Ayni damda Ukrainadagi vaziyat G‘arbiy Bolqon mamlakatlariga tahdid solmaydi, dedi NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana.
“NATOning yuqori martabali vakili G‘arbiy Bolqonga Ukrainadagi mojaro bevosita tahdid solmasligini aytdi”, — deb yozgan Associated Press nashri.
Shuningdek, Joana G‘arbiy Bolqon mamlakatlari NATO uchun strategik manfaatdor ekanini ham bildirdi.
“G‘arbiy Bolqonda strategik manfaatimiz bor. Men G‘arbiy Bolqonning barcha aholisiga shunday umid berishni istardimki, ular oxir-oqibat Yevropa va Yevroatlantika oilasiga qo‘shiladi”, — deya ta’kidladi u.
Ma’lumot uchun G‘arbiy Bolqon davlatlaridan Albaniya, Xorvatiya, Chernogoriya va Shimoliy Makedoniya NATOga a’zo davlatlar hisoblanadi.
Izoh (0)