Rossiya rublini dunyodagi eng muvaffaqiyatli valyuta deb atash mumkin, chunki yil boshidan beri u yevro va dollarga nisbatan 45-50 foizga mustahkamlana oldi. Bu haqda Le Figaro’da e’lon qilingan maqolaga tayanib “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya valyutasi “moliyaviy beqarorlik okeanidagi farovonlik oroli”ga aylangan.
Material mualliflariga ko‘ra, rublning muvaffaqiyat qozonishida Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina ham ishtirok etgan.
U tezkor choralar ko‘rgani va 2014-yildagi inqirozni yengib chiqqani uchun G‘arbdagi va Osiyodagi hamkasblari tomonidan juda katta hurmatga sazovor bo‘ldi.
Rossiya Markaziy bank asosiy stavkani oshirib, valyuta ayirboshlash bo‘yicha cheklovlar kiritgan edi.
Le Figaro hozirda Rossiya va Yevropa “iqtisodiy urush”ni boshidan kechirayotganini qayd etdi.
Material mualliflari yevro qiymatining 1 foizga pasayishi importni yiliga 0,3 foizga qimmatlashini tushuntirdi — bu o‘z navbatida, iste’mol narxlari indeksida aks etadi.
May oyida Bloomberg ham Rossiya rublini 2022-yildagi eng yaxshi jahon valyutasi deb e’lon qilgan edi. Valyutaning mustahkamlanishi G‘arb sanksiyalari fonida Rossiya hukumati tomonidan ko‘rilgan choralardan so‘ng yuz bergan.
Avvalroq O‘zbekistonda rubl kursi birinchi marta 200 so‘mdan oshgan edi.
Izoh (0)