Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohidning ma’lum qilishicha, Termizga Afg‘oniston hududidan raketa hujumini uyushtirganlar do‘st O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ishonchsizlik muhitini yaratishni maqsad qilganlar.
“Tolibon” harakati ularni hibsga olish va jazolash uchun qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni Afg‘oniston hududidan O‘zbekiston bilan chegaradosh hududga beshta raketa o‘qlari uchib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)