Avgust oyidan boshlab Saudiya Arabistoni Osiyo mamlakatlari uchun eksport qilinadigan neftning barcha turlari narxini oshiradi, deya xabar beradi Saudi Aramco davlat kompaniyasi.
Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy Arab Light turining narxi bir barrel uchun 2,8 dollarga oshadi. Natijada bir barrel Saudiya nefti Ummon va Dubaydan olib kelingan bir barrel neftdan 9,3 dollar qimmatga tushadi, bu may oyidagi rekord darajaga yaqin. May oyida bu narx bir barrel uchun 9,35 dollarga yetgandi.
AQSHga eksport qilinadigan neft narxi esa avgust oyida ham iyul oyidagi darajasida qoladi.
Izoh (0)