Ukraina qurolli kuchlari tomonida jang qilgan 20 yoshli Fransiya fuqarosi Xarkov viloyatidagi janglarda halok bo‘ldi. Bu haqda RTL radiostansiyasi xabar berdi. Xabarga ko‘ra, marhumning ismi Adrian D. bo‘lib, u 25-iyun kuni jangda olgan jarohatlaridan vafot etgan.
3-iyun kuni “Europe 1” radiostansiyasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jangovar harakatlarda qatnashgan yana bir fransiyalik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, u ham Xarkov viloyatida vafot etgan. Uning shaxsi haqida tafsilotlar oshkor etilmagan.
Iyun oyi oxirida Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilgan ikki AQSH fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ulardan biri 52 yoshda, ikkinchisi 22 yoshda bo‘lgan.
Izoh (0)