• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yevropa kengashi Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda O‘zbekistonning kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

    Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Suhbat avvalida davlat rahbari O‘zbekistonda demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarni amalga oshirishga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun minnatdorlik bildirgan. Yevrokengash prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekistonning kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.

    Qoraqalpog‘istondagi vaziyatning ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi alohida qayd etilgan. Sharl Mishel jinoiy unsurlar tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar oqibatida qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.

    Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tayyorlanishini yakuniga yetkazish masalasiga e’tibor qaratilgan. “Preferensiyalar bosh tizimi plyus” afzalliklaridan foydalangan holda o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlangan. Tomonlar amaliy hamkorlikning aniq dastur va loyihalarini, “yashil iqtisodiyot”, raqamlashtirish, innovatsiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ilgari surish masalalariga to‘xtalgan.

    Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelayotgan vaziyat hamda YI tuzilmalari bilan ko‘p tomonlama muloqotning darajasini oshirish yuzasidan fikr almashilgan. O‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, shuningdek, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan, Afg‘onistonda mustahkam tinchlik qaror topishiga ko‘maklashish va uning xalqiga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatishga qaratilgan yirik xalqaro tadbirlarni O‘zbekistonda tashkil etish masalasi qo‘llab-quvvatlangan.

    Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi matbuot kotibi O‘zbekistonda yuz bergan so'nggi voqealar bo‘yicha bayonot berdi.

    “Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilayotgan tuzatishlar e’lon qilinganidan keyin sodir bo‘lgan zo‘ravonlik voqealarini ochiq va mustaqil tergov qilishga chaqiradi. Biz qurbonlar borligidan chuqur afsusdamiz va voqealar rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz.

    Prezident Mirziyoyev tomonidan taklif etilayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan jamoatchilikning xavotirlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni e’tirof etamiz. Biz barcha tomonlarni kuch ishlatish yoki zo‘ravonliklarni davom ettirishning oldini olish maqsadida o‘z harakatlarida vazminlik ko‘rsatishga chaqiramiz. Yevropa Ittifoqi rasmiylarni O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlariga muvofiq inson huquqlari, jumladan, so‘z erkinligi va yig‘ilishlar erkinligi kabi asosiy huquqlarni kafolatlashga chaqiradi.

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan mustahkam va rivojlanib borayotgan hamkorlikka ega. Biz mamlakatda olib borilayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz va uni xalqaro normalar hamda ilg‘or tajribalar asosida fuqarolar, manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgan holda ushbu jarayonni davom ettirishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.

    04.07.2022, 17:26   Izoh (0)   8854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorodagi cho‘ldan to‘rtta qadimiy g‘or topildi (foto)

    04.07.2022, 17:11

    SHHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi

    04.07.2022, 16:57

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    04.07.2022, 16:43

    “Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi” — Dmitriy Peskov

    04.07.2022, 16:15

    O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi

    04.07.2022, 16:07

    Qirg‘iziston prezidenti Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni qo‘llab-quvvatladi

    04.07.2022, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.