Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan munosabat bildirib, holat O‘zbekistonning ichki ishi ekanini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
“O‘zbekiston bizning ittifoqdoshimiz, do‘st davlatimiz, juda muhim hamkorimiz. O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan hamma narsa shu davlatning ichki ishi”, — degan Kreml matbuot kotibi jurnalistlarning bu haqdagi savoliga javoban.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi “O‘zbekiston rahbariyatining faol harakati bilan barcha mavjud muammolar hal etilishiga” shubha qilmaydi.
Izoh (0)