O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi—2022 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 4—18-iyul kunlari navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari yig‘in doirasida 14, 15 va 17-iyul kunlari Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bahslar “Jizzax FMM”ning sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
14-iyul
O‘zbekiston — Tojikiston
15-iyul
O‘zbekiston — Tojikiston
17-iyul
O‘zbekiston — Tojikiston.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2022 musobaqasi 27-sentabrdan 8-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda B guruhidan joy oldi.
Izoh (0)