Lautaro Martines “Inter”ni tark etish istagida emas.
“Nerazzurilar”ning ijtimoiy tarmoqdagi postiga 24 yoshli futbolchi “Yana bir yil birga”, degan yozuvni qoldirdi.
Avvalroq, Lautaroga “Atletiko” qiziqish bildirgani haqida xabar qilingandi. “Arsenal” esa hujumchi uchun 60 million yevro to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘lgandi.
Lautaroning Milan jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilga qadar mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun, Martines 2018-yildan beri “Inter” sharafini himoya qilib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)