“Milan” Zlatan Ibrahimovich bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Shvetsiyalik hujumchi iyul oyidan boshlab erkin agentga aylandi, biroq Sky Sport Italia nashrining xabariga ko‘ra, “rossonerilar” yaqin kunlarda hujumchi bilan uchrashib, yangi bitim borasida muzokara o‘tkazmoqchi.
Klub Ibrahimovichni yo‘qotmoqchi emas, chunki u boshqa futbolchilarga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi va jamoa Skudettoni qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynadi. Zlatanning o‘zi ham jarrohlik amaliyotidan so‘z tiklanishiga uzoq vaqt ketishiga qaramasdan, faoliyatini davom ettirish istagida. Hujumchining tiklanishiga 6 oydan ko‘proq vaqt ketadi.
40 yoshli Zlatan 2021/22-yilgi mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)