Uzbekistan Airways’ning 3-iyul kuni rejalashtirilgan HY017/HY018 Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi qatnovi bekor qilindi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bekor bo‘lgan aviaparvozlar yo‘lovchilari 4-iyul kuni shu yo‘nalishdagi HY011/ HY012 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkaziladi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Shu kuni Nukus—Beyneu—Nukus yo‘nalishida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdining bitta reysi bekor qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Nukusda 3-iyuldan 2-avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, bir qator chora va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilgan.
Izoh (0)