Toshkent viloyati Tuyabo‘g‘iz suv omborida cho‘milayotib cho‘kib ketayotgan 16 yoshli bola qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3-iyul kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh qutqaruvchilari Tuyabo‘g‘iz suv omborida navbatchilik olib borayotgan paytda, suv ombori qirg‘og‘idan 150 metr uzoqlikda cho‘milayotgan 16 yoshli bola cho‘kib ketayotganini payqab qolgan.
Ular tezkorlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirib, sanoqli soniyalar ichida bolani suv ostidan olib chiqib hayotini saqlab qolgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy mavsumda shu paytga qadar 60 nafarga yaqin fuqaro suv havzalarida cho‘kib halok bo‘lgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ularning aksariyati ruxsat etilmagan joylarda cho‘milgan. Ayrimlari esa o‘z ehtiyotsizligi natijasida suvga tushib ketgan.
Mavzuga doir: Shahar favvoralarida cho‘milish mumkinmi?
Izoh (0)