“Barselona” yozgi transfer oynasida katta xarajatlar qilishi kutilmoqda.
Marca nashrining yozishicha, kataloniyaliklar yozda 200 million yevro sarflamoqchi.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” televizion huquqlarining 10 foizini Sixth Street kompaniyasiga sotish orqali 207,5 million yevro pul ishlab topgan.
Bundan tashqari, “Barselona” yaqin orada boshqa bir kompaniyaga televizon huquqlarining 15 foizini sotish orqali 400 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Kataloniyaliklar Spotify bilan shartnoma shartiga ko‘ra stadion nomini “Spotify Kamp Nou”ga o‘zgartirgani xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)