“Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Farg‘ona klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mo‘minjonov o‘z arizasiga binoan jamoadan ketgan. Bunga jamoaning Superliga uchrashuvlaridagi qoniqarsiz natijalari sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, jamoa bosh direktori Zohidjon G‘ofurov ham o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.
“Neftchi” 13-turdan keyin 11 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa o‘tkazilgan o‘yinlarning 2 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan. Yana 5 ta bahsda durang natija qayd etilgan.
Qayd etish kerak, bu Superliganing 2022-yilgi mavsumdagi 3-iste’fodir. Bungacha Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) va Predrag Rogan (“Dinamo”) iste’foga chiqarilgandi.
Izoh (0)