Shavkat Mirziyoyev “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Unga ko‘ra, 2022-yil Qurbon hayitining birinchi kuni shu yil 9-iyul kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi Musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror inobatga olingan. Ulamolar Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilgan.
Izoh (0)