O‘zbekistondagi ayrim banklarda dollar sotib olmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga valyuta shoxobchasida naqd valyuta qolmagani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank bunday xabarlarni rad edi.
Qayd etilishicha, ayni paytda respublikadagi barcha tijorat banklari naqd xorijiy valyuta bilan ta’minlangan va ularda jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta sotish va sotib olish amaliyotlari hamda xorijdan pul o‘tkazmalari uzluksiz ishlamoqda.
Jumladan, holat yuzasidan “Xalq banki”, “Ipak yo‘li bank”, Trastbank, “Kapitalbank”, “Hamkorbank”, “Mikrokreditbank”, “Agrobank”, “Infinbank” va “Ipoteka” bank naqd valyuta va pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlarda cheklovlar va muammolar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)