Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 29-iyun, chorshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini fevral boshidagi minimum ko‘rsatkichga qadar tushirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 810 so‘mdan sotib olishni, 10 915 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 11-mart kuni 11 ming so‘mdan oshib ketgandi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-iyundan amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagandi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10 823,52  so‘mni tashkil qilmoqda.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • NBU: sotib olish — 10 805 so‘m, sotish — 10 915 so‘m;
  • “Hamkorbank”: sotib olish — 10 860 so‘m, sotish — 10 915 so‘m;
  • “Davrbank”: sotib olish — 10 810 so‘m, sotish — 10 915 so‘m;
  • “Turonbank”: sotib olish — 10 805 so‘m, sotish — 10 915 so‘m;
  • “Tengebank”: sotib olish — 10 805 so‘m, sotish — 10 910 so‘m;
  • “Kapitalbank”: sotib olish — 10 840 so‘m, sotish — 10 910 so‘m.
Dollar kursi mart oyida keskin ko‘tarilib ketgandi — o‘shanda 10—17-mart kunlari davomida har kuni rekord ko‘rsatkichlar qayd etilgandi. Jumladan, 14-mart kuni banklar dollar kursini 50 so‘mga ko‘targan bo‘lsa, 18-martda birdaniga 240 so‘mga oshib ketgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi