• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-iyuldan qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?

    Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.

    Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo‘ldi

    Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilindi. Old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtirildi. Ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ldi.

    Ayrim shifokorlarga uy olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

    Olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

    Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

    “Xavfsiz yo‘l” indeksi yuritiladi

    Indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati 29 ta indikator bo‘yicha har chorak yakunida baholab boriladi. Tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

    Virusli gepatitga qarshi samarali choralar ko‘riladi

    Har yili respublika aholisini virusli gepatit “B” va “C” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “C” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.

    Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi.

    Nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “B” infeksiyasiga qarshi emlanadi.

    Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga bir martalik subsidiya beriladi

    Kasanachilarga daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko‘pi bilan 1 million so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi. Kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi.

    Olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

    Davlat muzeylari soat 22:00 gacha xizmat ko‘rsatishi mumkin

    Prezident qaroriga asosan davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi. Zaruratga ko‘ra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin bo‘ladi.

    Pulli xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi va ular moddiy rag‘batlantiriladi, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi.

    “Tibbiyot brigadalari”ga 3 600 ta shtat beriladi

    Bolalar hamda homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 3 600 ta, 2023-yil 1-yanvardan yana qo‘shimcha 4 900 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi.

    Parranda eksporti uchun subsidiya oshirildi

    “Parrandasanoat” uyushmasiga a‘zo parrandachilik xo‘jaliklariga 2024-yil 1-yanvargacha davrda parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilandi.

    Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

    Prezident qaroriga ko‘ra, mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Qaror bilan Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.

    Bo‘sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi

    Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish ob‘ektlariga va ushbu obyektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilindi.

    Spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi

    Spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.

    OAVlar foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi

    Ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi, (reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno). O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qog‘oz bojxona bojidan ozod etiladi.

    Kichik tadbirkorlarga bir qator moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi

    Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

    01.07.2022, 12:05   Izoh (0)   15207
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda iyun oyining so‘nggi kunida ham koronavirus aniqlanganlar soni 90 kishidan ortiq bo‘ldi

    01.07.2022, 11:43

    O‘zbekistonda 2-iyul kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    01.07.2022, 11:21

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani navbatlarsiz va 10 foizlik chegirma bilan olish mumkin

    01.07.2022, 10:24

    Namanganda Lacetti YTHga uchrab, haydovchisi bilan birga yonib ketdi (video)

    01.07.2022, 09:55

    Toshkent xalqaro aeroporti terminaliga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi

    01.07.2022, 08:30

    O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

    01.07.2022, 08:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30

    Rossiya strategik bombardimonchilar ishlab chiqariladigan yagona korxonasini kengaytirmoqda

    Dunyo | 29 iyun, 15:15

    Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti 2026-yilga qoldirildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 15:00

    Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

    Sport | 29 iyun, 14:48

    Xiaomi kamera, dinamika va mikrofonli AI Glasses smart ko‘zoynaklarini e’lon qildi

    Layfstayl | 29 iyun, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.