NATOga a’zo davlatlar rahbarlari Madriddagi sammitda alyansning yangi strategik konsepsiyasini ma’qulladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
Oldin xabar qilinganidek, Rossiya yangi konsepsiyada alyans xavfsizligiga “eng asosiy va bevosita tahdid” sifatida belgilangan. Shuningdek, hujjatda Xitoy NATOning “manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlari”ga qarshi kurashayotgan davlat sifatida tilga olinadi.
“Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va ularning bir-birini to‘ldiruvchi qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni buzishga urinishlari bizning qadriyatlarimiz va manfaatlarimizga ziddir”, — deyiladi NATOning yangi konsepsiyasida.
Bundan tashqari, xalqaro terrorizm, Afrika va Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat, shuningdek, iqlim o‘zgarishi NATOning yangi strategik konsepsiyasida chaqiriq va tahdid sifatida tilga olingan.
Yangi konsepsiya 2030-yilga qadar tasdiqlanadi.
NATOning 2010-yilda qabul qilingan avvalgi strategik konsepsiyasida Rossiya hamkor davlat sifatida belgilangan, Xitoy esa umuman tilga olinmagan edi.
Izoh (0)