Norvegiya Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda Ukrainaga uchta reaktiv raketa tizimini (MLRS) jo‘natadi, deya xabar beradi mahalliy OAV. Ular Norvegiya mudofaa vaziri Byorn Arild Gramga tayanib bu haqda xabar bermoqda.
“Ukrainaga ko‘proq qurol kerak va biz Buyuk Britaniya bilan yaqin hamkorlik qilmasdan turib, unga ushbu juda zarur bo‘lgan qurollarni yetkazib bera olmaymiz”, — degan u.
Hozirda MLRS qurilmalari Norvegiyadagi omborlarda turibdi.
Oslo shuningdek, Kiyevga avval yuborilgan 5000 ta granatadan tashqari yana 5000 ta granata ham yuboradi. Iyun oyida AQSH ma’muriyati Ukrainaga qo‘shimcha 450 million dollarlik harbiy yordam, shu jumladan, HIMARS reaktiv raketa tizimlari yetkazilishini e’lon qilgandi.
Izoh (0)