Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining uch nafar futbolchisi prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori, yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov, hujumkor yarim himoyachi Hojimat Erkinov va hujumchi Husayn Norchayev prezident tomonidan mukofotlangan qator yoshlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, 1—19-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo Kubogida mamlakat olimpiya terma jamoasi finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi o‘yinda Temur Kapadze shogirdlari Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)