• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 11 yil davomida tuzilgan 4 jildli “Al-Qomus”: arabcha-o‘zbekcha qomusiy lug‘at nashrdan chiqdi

    Milliy matbuot markazida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan 4 jildli “Al-Qomus”: arabcha-o‘zbekcha qomusiy lug‘atining (qisqacha “Al-Qomus”) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu lug‘atda arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan so‘zlar jamlangan. Lug‘at akademik, filologiya fanlari doktori, professor Ne’matullo Ibrohimov boshchiligidagi Abdulhakim Oripov, Akmaljon Ikromjonov, Abdulhamid Zayriyevlardan iborat mualliflar guruhi tomonidan 11 yil davomida tuzilgan. To‘rt jilddan iborat yangi arabcha-o‘zbekcha lug‘at 100 mingdan ortiq so‘z va iborani qamrab olgan.

    Anjumanda ta’kidlanishicha, “Al-Qomus” lug‘ati arab tilining klassik davrdan to bugungi kun jonli shakligacha, aniq, tabiiy va insoniy ilmlardan tortib diniy manbalargacha, adabiy til bilan bir qatorda turli shevalargacha, matbuotdan og‘zaki muloqotgacha, barcha-barchasiga oid so‘z boyligini o‘zida mujassam etgan. Unda til jozibasining oynasi bo‘lgan turg‘un iboralar, maqol-matallar, nazm-u nasr namunalari, Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflardan ko‘plab misollar keltirilgan.

    O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professori, sharqshunos-arabshunos Zohidullo Munavvarovning ta’kidlashicha, ushbu lug‘at yuz mingdan oshiq so‘z va iborani qamrab olgan o‘zbek tilining fundamental lug‘aviy tafsiridan iborat.

    Ushbu munosabat bilan ta’kidlash o‘rinliki, so‘z boyligi 100 000 birlikni tashkil etadigan tillarning o‘zi sanoqli. Mazkur haqiqat o‘zbek tilining nechog‘lik boy va serqirra voqelikni o‘zida mujassam etgan nodir fenomen ekanini ko‘rsatadiki, bu ona tilimiz imkoniyatlarining go‘yoki cheklangani haqidagi, onda-sonda bo‘lsa ham, eshitilib qoladigan iddaolarga berilgan asosli raddiyadir.

    Ikkinchidan, kiritilgan so‘z va ibora birliklari soni bo‘yicha ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum bo‘lgan rus arabshunosi X.K.Baranovning mashhur “Arabsko-russkiy slovar” lug‘atidan ikki yarim hissa ortiq bo‘lgan, har biri 900-1000 sahifali to‘rt jilddan iborat “Al-Qomus”ning prinsipial farqlaridan biri shundan iboratki, u sho‘ro davri uchun xos bo‘lgan arab tiliga qaratilgan mafkuraviy tazyiqlardan xoli tarzda tuzilgan.

    Uchinchidan, lug‘atda arabcha so‘zlarning o‘zbekcha tarjimasigina berilmasdan, balki asl ilmiy lug‘atlar taqozosiga mos ravishda tegishli so‘zlarning nozik jihatlarini oydinlashtiruvchi arabcha matnlardan misollar ham keltirilganki, bu hol uning professional darajasini yanada ko‘targan. Darhaqiqat, O‘zbekistonning sobiq muftiysi marhum Usmonxon Alimov lug‘atning ilk jildlari nashr etilgan kunlar haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, “Al-Qomus”da “tarixiy shaxslar, jug‘rofiy nomlar, ularning atalish sabablari, ko‘plab o‘simlig-u hayvonlarning o‘zbekcha muqobillari bilan birgalikda ilmiy nomlari ham berilganki, bu turli ilm-fan vakillarida ham qiziqish uyg‘otadi”.

    To‘rtinchidan, “Al-Qomus”ni tuzishda Xalil ibn Ahmadning “Al-Ayn”, Feruzobodiyning “Al-Qomus al-muhit”, Ibn Manzurning “Lison al-arab” kabi mumtoz arab lug‘atlari hamda “Al-Mu’jam al-kabir”, “Al-Mu’jam al-vasit”, “Mu’jam matn al-lug‘a”, “Mu’jam al-lug‘a al-arabiyya al-mu’osira” kabi zamonaviy arabcha ensiklopediyalar tayanch manbalar vazifasini bajargan. Shuningdek, Leyn, Ilyas, Belo, Girgas kabi mashhur olimlar tomonidan yaratilgan ingliz, nemis, fransuz, rus, turk, fors hamda boshqa G‘arb va Sharq tillaridagi lug‘atlardan samarali foydalanilgan. Bunday fundamental yondashuv natijasida nazarda tutilayotgan lug‘atni boshqalardan farqlantirib turadigan yana bir fazilat – lug‘atchilikning bir necha yo‘nalishlari sintezi “Al-Qomus”da o‘zini namoyon etganini qayd etish mumkin.

    Yangi lug‘at bilan bog‘liq yana bir muhim masalaga e’tiborni qaratishni istar edik. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va boshqa turdosh oliy o‘quv yurtlarida islomshunoslar, tarixchilar, manbashunoslar, matnshunoslar, adabiyotshunoslar, filologlar va til bilan bog‘liq boshqa mutaxassislar tayyorlanadi. Ular faoliyatining samaradorligi, eng avvalo, arab tilidagi hamda arab alifbosida yozilgan mahalliy tillardagi asl manbalarni o‘qish va tushunish mahorati bilan bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarga arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi bilan bir qatorda, arab va fors tillari ham o‘qitiladi. Mazkur faoliyatni qiyinlashtirayotgan omillardan biri tegishli o‘quv qo‘llanmalarining tanqisligi, jumladan, arabcha-o‘zbekcha mukammal lug‘atning yo‘qligi edi. Qo‘limizda turgan lug‘at, shubhasiz, mazkur bo‘shliqni to‘ldiradi.

    Zohidullo Munavvarov. O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professori, sharqshunos-arabshunos 

    Ma’lum qilinishicha, “Al-Qomus” lug‘ati arab tilining klassik davrdan to bugungi kun jonli shakligacha, aniq, tabiiy va insoniy ilmlardan tortib diniy manbalargacha, adabiy til bilan bir qatorda turli shevalargacha, matbuotdan og‘zaki muloqotgacha, barcha-barchasiga oid so‘z boyligini o‘zida mujassam etgan. Unda til jozibasining oynasi bo‘lgan turg‘un iboralar, maqol-matallar, nazmu nasr namunalari, Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflardan ko‘plab misollar keltirilgan.

    Lug‘atni tuzishda katta xizmat qilgan olim Abdulhakim Oripovning alohida ta’kidlashicha, hozirgi o‘zbek tilimizdagi so‘zlarning tag o‘zagi arab tiliga borib taqaladi.

    “Bundan tashqari bizning madaniyatimiz arab islom madaniyati bilan bog‘lanadi. Ajdodlarimiz yozgan asarlar arab tilida bitilgan. Ularni o‘rganish, yaxshilab tushunish, tariximiz, adabiyotimiz, san’atimizni anglashda bu kitoblarning ahamiyati katta. Endi bularni o‘rganish uchun lug‘at kerak. Lug‘atlarimiz bor edi, lekin katta, mukammal lug‘atga ehtiyoj bor edi.

    Lug‘at akademik Ne’matilla Ibrohimov boshchiliklarida amalga oshirilgan. Bunga 3 nafar mualliflar guruhi, ustoz bilan birgalikda 4 kishi bo‘lib 11 yildan ortiq vaqt davomida mehnat qilindi. Agar 11 yildan har bir kishining vaqtini hisoblasak 45 yilga yaqin vaqt bo‘ladi bu. Har bir so‘zning berilayotgan ma’nosi katta mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun ham bu juda katta mehnat edi”, — deydi Abdulhakim Oripov.

    Lug‘atshunoslikda katta voqeylik sifatida ko‘rilayotgan “Al-Qomus” lug‘atini G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

    25.06.2022, 09:10   Izoh (0)   14782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 50 nafar fuqaro uchun soxta ma’lumot tayyorlab, 122,5 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirgan korxona rahbari ushlandi

    25.06.2022, 08:30

    Navoiyda noturar yer maydonini 108 million so‘m evaziga sotishga uringan shaxs ushlandi

    25.06.2022, 08:09

    Vladimir Norov Eronning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

    25.06.2022, 07:29

    Surxondaryoda Isuzu va “KamAZ” to‘qnashib, yonib ketdi

    25.06.2022, 07:08

    Haj qilishni o‘rganayotgan bolalar, musobaqada g‘olib bo‘lgan it, Dubayda nishonlangan tuyalar kuni. 24-iyun suratlari

    25.06.2022, 02:08

    Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborishga urindi (video)

    25.06.2022, 00:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43

    Sevimli multfilmlarning tomoshabinlar e’tiroziga sabab bo‘lgan yangi qahramonlari

    Kino | 5 avgust, 14:30

    Germaniya mudofaani kuchaytirmoqda: armiya uchun 770 million yevrolik harbiy texnika xaridi amalga oshirildi

    Dunyo | 5 avgust, 14:20

    O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini kompleks baholash boshlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:10

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga buyruq berdi

    Dunyo | 5 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.