• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘onistondagi zilzilada 1,5 ming kishi halok bo‘lib, 2 ming kishi jabrlandi. “Tolibon” jabrlanganlarga 11 mln dollar ajratadi

    Afg‘onistonda yuz bergan zilzila oqibatida qariyb 1,5 ming kishi halok bo‘lib, 2 ming kishi jabrlandi. Bu haqda Al Jazeera telekanali “Tolibon” harakati vakiliga tayanib xabar berdi. Avvalroq “Boxtar” agentligi 1 ming nafar qurbonlar va 1,5 ming jabrlanganlar haqida ma’lum qilgandi.

    Foto: Al Jazeera

    Foto: Al Jazeera

    Zilzila 22-iyun kuni tunda Paktika, Xost, Lag‘mon, G‘azni, Luvgar va Kobul viloyatlarida kuzatildi. Mahalliy hukumat yer osti silkinishlari magnitudasini 6,1 deb baholadi. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 5,9 va 4,5 magnitudali kamida ikkita zilzila yuz bergan. Germaniya Geologiya tadqiqot markazi esa zilzila 10 kilometr chuqurlikda yuzaga kelganini aytmoqda.

    Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning 500 kilometrdan ko‘proq qismida sezilgan.

    Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Zilzila Surxondaryo viloyatida ko‘proq sezildi — 3 ball. Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 2 balldan sezildi.

    Zilzila bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa davom etdi, ammo juda katta vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi. Bir nechta qishloqlar butunlay buzilib ketgan, vayronalar ostida haligacha odamlar qolmoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rgan viloyatlar Paktika, Nangarhor va Xost bo‘ldi. Xost viloyatining o‘zida 600 ta uy qulab tushgan.

    Mutaxassislar fikricha, qurbonlar sonining katta bo‘lishiga zilzila erta tongda yuz bergani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Odamlar hali uyquda bo‘lgan va uylarini tark etishga ulgurmagan.

    “Tolibon” hukumati jabrlanganlarga 1 milliard afg‘oni (qariyb 11 million dollar) ajratishga va’da berdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari mulla Sharafiddin Muslim halok bo‘lganlarning oilalariga hukumat tomonidan 100 ming afg‘oni (1,1 ming dollar)dan, jabrlanganlar esa 50 ming afg‘oni (550 dollar)dan berilishini ma’lum qildi.

    Afg‘oniston amiri va “Tolibon” rahbari Haybatullo Oxunzoda xalqaro hamjamiyatdan, shuningdek, xayriya va gumanitar tashkilotlardan “ushbu fojia munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga yordam berish”ni so‘radi.

    Mavzuga doir: “O‘zbekiston har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor”. TIV Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    23.06.2022, 09:36   Izoh (0)   10710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chikagoda politsiya xodimlariga kichik huquqbuzarlik sodir etganlarni piyoda ta’qib qilish taqiqlandi

    23.06.2022, 09:18

    Yaponiya mudofaa vaziri Rossiya va Xitoy kemalarining mamlakat hududiga yaqin harakatlanayotganidan xavotirda ekanligini bildirdi

    23.06.2022, 08:38

    “Rossiya tomonidan hujum bo‘lsa, urushga tayyormiz” — Finlyandiya Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni

    23.06.2022, 07:51

    Belgiya Kongo hukumatiga Patris Lumumbaning tilla tishini topshirdi. 60 yil avval siyosatchi qatl qilinib, jasadi kislotada eritib yuborilgan edi

    23.06.2022, 06:50

    Panama prezidenti noyob qon kasalligiga chalindi

    23.06.2022, 06:08

    Bayden AQSHda benzin narxi keskin ko‘tarilgani tufayli yonilg‘i solig‘ini uch oyga bekor qilishga chaqirdi

    23.06.2022, 00:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:41

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 305 so‘mgacha tushdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:21

    O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:12

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi qanday suratga olingan?

    Kino | 25 avgust, 15:43

    Ukraina ilk bor yangi “Neptun” raketasini namoyish qildi (video)

    Dunyo | 25 avgust, 15:42

    Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan 17 yoshli bolaning jasadi topildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 15:28

    “Eron AQSHga itoat etmaydi” — Oyatulloh Ali Xomanaiy

    Dunyo | 25 avgust, 15:10

    Janubiy Surxon suv ombori hududida 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.