Yaponiya har doim o‘zining noyob oshxonasi bilan mashhur bo‘lib kelgan, taomlar nafaqat ajoyib ta’mi bilan, balki chiroyli ko‘rinishi bilan ham ko‘zni quvnatadi. Yaponiyalik rassom Gaku meva va sabzavotlarni yeyishga ko‘z qiymaydigan durdonalarga aylantiradi.
Gaku chizgan suratlaridan iborat ko‘rgazmasini bir necha bor namoyish etgan, ammo rassom yaqindan boshlab e’tiborini sabzavotlarga qaratdi — brokkoli, sabzi, loviya, baqlajon, turp, shirin kartoshka, sholg‘om va boshqa sabzavotlardan ajoyib haykallar yaratadi. Quyida rassomning ijod namunalari bilan tanishing
Izoh (0)