• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qabrlarning qay biri kimga tegishli ekani ham noma’lum”. Buxoro ziyoratgohidagi qarovsiz qabristondan reportaj

    Buxorodagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hududida joylashgan aholi qabristonida 2002-yildan boshlab dafn etish ishlari to‘xtatilgan. Biroq qabristonga 2003-yilda vafot etgan bir necha fuqaroning mayitlari qo‘yilganini ham kuzatish mumkin. Umumiy hududi taxminan 2 gektardan ortiq maydondan iborat qabriston ayni paytda qarovsiz va achinarli ahvolga kelib qolgan. “Daryo” muxbirining o‘rganishlariga ko‘ra, mas’ullar bunga mahalliy aholining e’tiborsizligini sabab qilib ko‘rsatgan.

    Ma’lumki, Bahouddin Naqshband islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri bo‘lgan. U milodiy 1318-yilning mart oyida Buxoroning Kogon tumanidagi Qasri Hinduyon qishlog‘ida tug‘ilgan. Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq “Qasri Orifon” deb atala boshlangan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Tarixiy manbalarga ko‘ra, Bahouddin Naqshband umrbo‘yi dehqonchilik bilan kun kechirgan, o‘z qishlog‘ida unchalik katta bo‘lmagan yerga bug‘doy va mosh ekkan. U uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. Qishda qamishlar ustida, yozda esa bo‘yra ustida yotib kun kechirgan. Uning uyida hech qachon xizmatkor ham bo‘lmagan. Hazrati Naqshband butun umrini o‘z xohishi bilan faqirlik va yo‘qsillikda o‘tkazgan. Zero, bu tariqatning asl aqidasi — “Dil ba yor-u, dast-ba kor” — ya’ni “doimo ko‘ngling Allohda bo‘lsin, qo‘ling esa ishda”, degan g‘oyani ilgari suradi. U qo‘l kuchi bilan kun ko‘rishni yoqtirgan, topgan-tutganlarini yetim-yesirlarga, beva-bechoralarga in’om etgan, hukmdorlardan doimo o‘zini yiroq tutgan, ular oldida hech qachon tamagirlik qilib yashamagan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    1389-yilda vafot etgan Bahouddin Naqshband Buxorodan 10 kilometr shimoliy-sharqdagi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qasri Orifon qishlog‘iga dafn etilgan. Ko‘p o‘tmay, hazrat maqbarasining g‘arbiy tomonida qabriston paydo bo‘lib, unda hazratning murid-muxlislari dafn qilina boshlangan. Keyinchalik u yerda Buxoroning hukmron sulola vakillari dafn qilingan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Din va ilmda kuchli ulamo Bahouddin Nashbandiyga ko‘plab hukmdorlar murid tushishgan va vafotlaridan so‘ng hazrat poyiga dafn etishlarini vasiyat qilishgan. Shunday bo‘lgan ham. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, hazrat maqbarasi supasiga yaqin manzilda juda ko‘plab hukmdorlar sulolasi, jumladan, Shayboniylar dahmasi, Iskandarxon va Abdullaxon II dahmalari, Temuriy Amirzodalar dahmasi, Subhonqulixon va uning o‘g‘li Ubaydullohxon dahmalari, Dahmai shohon — podshohlar dahmasi kabi dahmalar o‘rin olgan. Shundan so‘ng uning atrofida mahalliy aholi qabristoni ham shakllana boshlagan. Hazratga va hukmdorlarga yaqinroq dafn etilishni mahalliy aholi ham sharaf, deb bilishgan. Zero, ular hazratga o‘qiladigan duolar savobidan umidvor bo‘lishgan. Shunga ko‘ra, aholi qabristoni ham bundan taxminan 700 yilcha ilgari shakllangan”, — deydi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti tayanch doktoranati Shavkat Bobojonov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Shavkat Bobojonovning bildirishicha, 1920-yil Buxoro amirligi ag‘darilgunga qadar Bahouddin Naqshband qabrida ziyorat an’anasi davom etib turgan. Biroq, sovet hukumati davrida hazrat mozorini ziyorat qilish taqiqlangan bo‘lgan. Xurofot o‘chog‘i, deb talqin qilingan va majmua eshigiga qulflar osilgan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Mozorni qamish bosib ketgan, kirish taqiqlangan, xalqning e’tiqodi bo‘g‘ilgan bu davrda nafaqat hazrat, balki hukmdorlar dahmalari ham yarim vayrona holga kelgan. Ularning ham dahmalari 1990-yilga qadar yopib qo‘yilgan. 1993-yilda hazrat Bahouddin Naqshbandning 675 yillik xalqaro yubiley munosabati bilan birinchi restavratsiya olib borilgan bo‘lsa, 2003-yilda 685 yillik xalqaro yubileyi munosabati bilan ikkinchi restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. Aynan bugungi kunda hazrat maqbarasi yonidagi aholi qabristonining xarobazorga aylangani achinarli”, — deydi Shavkat Bobojonov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    2002-yildan boshlab, ziyoratgoh hududidagi aholi qabristoniga mayit qo‘yish batamom tugatilgan, qabriston yopilgan va yirik ziyoratgoh xalqaro turistik manzilga aylantirilib, davlat muhofazasiga olingan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Bugun dunyoning qaysi manzilidan Buxoroga kelgan sayyoh borki, u bu ulug‘ ziyoratgohni ziyorat qilmay ketmaydi. Qariyb 23 gektar yer maydonini egallab turgan majmua minglab sayyohlarning hayrat va havasiga sabab bo‘lgan. Biroq majmua hududida joylashgan va atrofi g‘isht devorlar bilan o‘ralgan aholi qabristonining ichki ahvoli qarovsiz va achinarli holda. Naq odam bo‘yiga tenglashgan begona o‘t, qamish va tikanlar bosib ketgan qabriston yurakka vahm solmay qo‘ymaydi. G‘ishtlari to‘kilib, titilib ketgan, usti o‘pirilgan, it va mushuklar bemalol kirib chiqa olishi mumkin bo‘lgan egasiz go‘rlar, huvullab yotgan nom-nishonsiz qabrlarning ahvoli hech kimni qiziqtirmagan. Qabristonning har burchagida qabr toshlari uyum qilib tashlangan, maishiy chiqindilar qabriston hududidan o‘z vaqtida olib chiqilmagan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Holat yuzasidan majmua xodimlarining biridan o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob olishga urindik. “Mahalliy aholi o‘zining o‘tib ketgan yaqinlari va qarindosh-urug‘lari ko‘milgan qabrlarni tozalash, obod qilish haqida hech qachon o‘ylashmaydi. Biz, begonalar borib tozalab qo‘ymaymiz-ku”, — deydi o‘zini tanishtirishni istamagan xodim.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari bo‘yicha yopilgan qabristonlarga dafn etish, shu jumladan, eski qabrga dafn etish taqiqlanadi. Biroq bu yopilgan qabristonni qarovsiz qoldirish kerak yoxud qabristonni faqat uning yaqinlarigina obodonlashtirish ishlarini bajarishi kerak, degan tushunchani anglatmaydi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Choloki” MFY raisi Sherzod Ahmedovning bildirishicha, mazkur aholi qabristoni “Choloki” hududida joylashgan bo‘lsa-da, unga “Bahouddin Naqshband”, “Sarayon”, “Niyozxo‘ja” kabi boshqa qator mahalla aholisining ham mayitlari qo‘yilgan. 2002-yilda qabriston yopilgan va shunday buyon qarovsizlik darajasi oshgan.

    Sherzod Ahmedov.

    Sherzod Ahmedov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Mahallaga raisi etib saylanganimga endi yigirma kun bo‘ldi. Haqiqatan ham qabrlar atrofi hasharga muhtoj, egasiz. Ishga ilk kelgan kunlarimdanoq odamlarga, mahalla oqsoqollariga qabristonlarga borib, dafn qilingan yaqinlariga tegishli qabrlarni tozalashi kerakligini bildirganman. Lekin ahvolni ko‘rib turibsiz. Biroq, umuman hashar qilinmagan, deb bo‘lmaydi. Begona o‘t o‘n besh-yigirma kunda qayta-qayta chiqaveradi. Xalq orasida tez-tez hashar kunlari tashkil etilsa, ijobiy samara berardi. Ayrimlar tozalash ishlarini bajaradi, ammo olti oy, bir yilda ham o‘tgan yaqinlari qabridan xabar olmaydiganlar ham yo‘q emas. Odamlarni hasharga jalb etish, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Hashar ota-bobolarimizdan qolgan. Hashar bor joyda fayz bo‘ladi, baraka bo‘ladi”, — dedi Sherzod Ahmedov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Mahalla raisining fikricha, atrofdagi 4-5 ta mahalla aholisini ixtiyoriy hasharga jalb etish qabristonning obod bo‘lishiga katta hissa bo‘ladi.

    “Bahouddin Naqshband” mahallasi oqsoqoli “Nuroniylar” kengashi raisi To‘xta Mamenovning so‘ziga ko‘ra, aholi qabristoni aynan bundan uzoq yillar ilgari yopilgani va unga mayitlar qo‘yilmayotgani sababli qarovsiz ahvolga kelib qolmoqda.

    To‘xta Mamenov.

    To‘xta Mamenov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Qabristonning ayanchli ahvoli hammamiz uchun ham achinarli. Nurab, buzilib, achinarli ahvolga kelib qolgan qabrlarni ko‘rib, odamning ko‘ngli og‘riydi. Uni tozalash va obodonlashtirish ishlarini faqatgina ziyoratgoh majmuasining ishchilari, farroshlari bajarib kelishmoqda. Chorlovlarimizga, chaqiruvlarimizga qaramasdan, qabrlarda dafn etilganlarning yaqinlari qabristonga yillab kelishmaydi, atrofini obodonlashtirish haqida o‘ylashmaydi ham. Ammo majmua rahbariyati ham tomoshabin bo‘lib turgan emas. Odamlarga ko‘p marotaba aytilgan. Afsuski, natija yo‘q. Axir, bu ko‘pning ishi, savobli va xayrli ish. Yotganlarning ruhi shod bo‘ladi. Boshqa davlatlarga borsangiz, qabristonlarining obodligiga havas qilasiz. Bizda esa e’tibor juda sust”, — deydi To‘xta Mamenov.

    Qabristonning ayanchli ahvolga kelib qolgani yuzasidan surishtiruv o‘tkazilayotgan paytda majmua mas’ullari tozalash ishlarini boshlagan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Hududga tegishli bo‘lmagan manzilni tozalash, supurish yoxud u yerni begona o‘tlardan tozalash ishlariga o‘zimiz istamagan yo‘sinda jalb etishsa, u majburiy mehnat sanalishi mumkin. Yashirmayman, aholi qabristonida minglab qabrlar borki, ko‘pi qarovsiz, egasiz, achinarli ahvolda. Biroq, odam taftiga, odam yo‘qloviga muhtoj qabrlar borki, beixtiyor yig‘lab yuborasiz. Uni bitta bo‘lsayam xasdan tozalash savob-ku, axir”, — deydi farrosh yigit.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Bahouddin Naqshband majmuasi rahbari Karim Hayitovning so‘ziga ko‘ra, odamlar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarining pastligi qabristonning qarovsiz ahvolda qolayotganiga sabab bo‘lgan.

    Karim Hayitov.

    Karim Hayitov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Daryo” muxbiri ayni paytda davolanishda bo‘lgan Bahouddin Naqshband ziyoratgohi imomi Abdug‘ofur Razzoqov bilan telefon orqali suhbatda bo‘lgan.

    “Arxeologik izlanishlar olib borilgan. Chunki aholi qabristonida ham yuzdan ortiq tarixiy shaxslarning qabrlari bor. Bu borada ish olib borayotgan arxeologlarning o‘z rejalari va tavsiyalari bo‘lishi mumkin. Shu bois, ayrim qabrlarda o‘zboshimchalik bilan ta’mirlash ishlarini olib borolmaymiz”, — deydi Abdug‘ofur Razzoqov.

    Qabristonga yaqinlari dafn etilgan “Choloki” mahallasi ahli hasharga chiqishmaganini qabriston yopib qo‘yilgani bilan izohlagan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Bir kunda bir necha marta qabriston ichiga kirib, kuchim yetgancha tozalayman. Ammo mahalla raislari odamlardan talab qilishsa, ularni jalb etishsa, ular hashardan qochishmaydi”, — deydi mahalla fuqarolaridan biri.

    Viloyat hokimligi mas’ullariga ko‘ra, mazkur qabriston viloyat Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli. Boshqarma vakillari faqat qabriston atrofigina tashkilot nazoratida ekanini bildirgan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Qabriston Kogon tumani chegarasida joylashgan. Shaxsan o‘zim uning restavratsiyasida qatnashganman, kirganman, ko‘rganman. Anchadan beri mahalliy aholiga kirish taqiqlangan. 700 yillik tarixga ega qabristondagi qabrlarning qaysi biri kimga tegishliligini bilmaydiganlar ko‘p. Muammolari yechimini kutayotgan jihatlari bo‘lsa, asta-sekin bartaraf etamiz. Masalani muhokama qilamiz va o‘rganamiz”, — deydi Kogon tumani hokimi Muhiddin Esanov.

    20.06.2022, 12:36   Izoh (0)   19521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada murojaatchi fuqaro farzandi kaltaklangani xabar berilgandi. Viloyat IIB kaltaklangan fuqaroga jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi

    20.06.2022, 12:23

    Prezident Konstitutsiyada “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlashni taklif qildi

    20.06.2022, 12:18

    Shavkat Mirziyoyev: “Har bir O‘zbekiston fuqarosi turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi shart”

    20.06.2022, 12:11

    Shavkat Mirziyoyev sudlangan shaxs qarindoshlarining huquqlarini cheklamaslikni Konstitutsiyada belgilashni taklif qildi

    20.06.2022, 11:55

    Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga “Miranda qoidasi”ni kiritishni taklif qildi

    20.06.2022, 11:33

    Shavkat Mirziyoyev: “Inson qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak”

    20.06.2022, 11:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada kurortdagi yong‘in ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 22 yildan 1998 yilgacha qamalishi mumkin

    Dunyo | 30 may, 21:55

    Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish uchun soxta pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda

    O‘zbekiston | 30 may, 21:40

    Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

    Dunyo | 30 may, 21:30

    Qirg‘izistonda erkak “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri sabab xotinini otib o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:20

    Mask Tramp saylov kampaniyasi davomida giyohvand moddalar iste’mol qilgan - NYT

    Dunyo | 30 may, 21:10

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyunda nishonlanadi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:06

    ​Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:05

    Toshkent viloyatida fuqaro jinsiy a’zolari ichida 1 mlrd so‘mlik taqinchoqni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.