Misr mamlakatga kirib keladigan chet elliklar uchun koronavirusga bog‘liq barcha cheklovlarni bekor qildi, deb yozadi “RBK”. Shu paytgacha mamlakatga Qohira tomonidan ma’qullangan vaksinalardan biri bilan emlanganlik sertifikati yoki manfiy natijali PZR-test bilan kirish mumkin edi.
Bundan tashqari, 22-yanvarda hukumat ma’lumotnomalari haqiqiyligiga Shubha qilingan shaxslarni testdan o‘tkazishni boshlagandi. Agar mamlakatga kirishda bunday test musbat natija bersa, sayyoh keyingi tahlilgacha mehmonxonada yakkalash rejimiga kiritilar edi. Agar chet ellik mamlakatga Qohira yoki Iskandariya shaharlari orqali kirayotgan bo‘lsa, ular darhol uchib kelgan mamlakatiga qaytarib yuborilgan.
Yanvarda Misr Turizm vazirligi dunyoda epidemiologik vaziyat yaxshilansa, kirish qoidalari o‘zgartirilishini ma’lum qilgandi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bahorda Misrdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat normallashishni boshlagan: 31-yanvarda respublikada 15 mingdan ortiq kishi kasallangan bo‘lsa, 7-mart kuni ularning soni 5 ming, 13-iyunda esa bor-yo‘g‘i 33 kishini tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 2022-yilning 7-mayidan boshlab O‘zbekiston va Misr hududlari o‘rtasidagi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Izoh (0)