Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Misr sog‘liqni saqlash va aholi vazirligi mamlakatga havo, dengiz portlari va quruqlikdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirish tartibi to‘g‘risidagi yangilanishni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 22-yanvardan boshlab Misrga boruvchi barcha fuqarolar (12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoki mamlakat Dori-darmon agentligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganlik sertifikatlarini taqdim etishi shart.

Shu bilan birga, Sinopharm, Sinovac, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna, Pfizer va Johnson & Johnson vaksinalari Misrning o‘zida favqulodda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan.

Emlash sertifikatida tashrif buyuruvchi kelishidan kamida 14 kun oldin vaksinaning bir dozasi yoki ikki martalik vaksinaning oxirgi dozasini olganini ko‘rsatishi kerak. Emlash sertifikati bo‘lmasa, salbiy koronavirus testi (PZR-testi va boshqalar) taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, Janubiy Afrika, Botsvana, Mozambik, Namibiya, Lesoto, Zimbabve va Esvatinidan kelganlar PZR-testini yoki tezkor antigen testini taqdim etishi lozim.

Koronavirusga qarshi emlash sertifikatlari yoki testlari Misr standartlariga javob bermasa, kelgandan keyin tezkor test talab qilinadi. Koronavirus uchun ijobiy natija aniqlangan taqdirda, kelgan shaxslar mehmonxonada yoki turar joyida besh kunlik karantindan o‘tishi kerak. Infeksiya yuqtirganlar oltinchi kuni PZR-testini o‘tkazadi va kasallik belgilari bo‘lmasa, ular o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Misrga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan ham yangilangan epidemiyaga qarshi standartlarga e’tibor qaratishi hamda borgan davlatida amaldagi profilaktika choralariga rioya etishi so‘ralgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ