• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Men reklama uchun pul olganman, hech kimni aldamaganman”. Ishi sudda ko‘rilayotgan bloger aybsizligini aytmoqda

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi o‘zini bloger sifatida tanishtirib, fuqarolarning muammolarini hal qilib berishi evaziga pul olib, aldab kelgan bloger ishini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda sud ishida qatnashgan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sudya Ma’ruf Ro‘ziyev raisligida o‘tkazilgan sudda jabrlanuvchi — Andijon viloyati Izbosgan tumanida yashovchi fuqaro Murodjon Qurbonov va Solijon Mirzayevlarning so‘zi tinglangan.

    “Oshnam Solijon Mirzayev uyimni sotib beradigan bloger bor ekan, shularni gaplashsak nima bo‘ladi dedi. 2021-yilning 24-dekabr kuni O‘.CH. Namanganga sudga kelgan ekan. Suddan so‘ng men, do‘stim, O‘.CH. hamda uning ayoli sudni oldidagi oshxonada ovqatlandik. U yerda O‘.CH.ga uyim qimmat ekanligini aytib, ‘shuni reklama qilib berish qo‘lingizdan keladimi yo‘qmi’, deb so‘radim. U esa qo‘lidan kelmaydigan ishning o‘zi yo‘qligini aytdi. Shundan so‘ng Izboskanga uyni ko‘rishga bordik”, — deydi Murodjon Qurbonov.

    Uning aytishicha, O‘.CH. shundan so‘ng unga bankka borib plastik kartochka ochishi kerakligini, 2022-yilning 6-yanvar kuni esa shartnoma tuzishi lozimligini aytgan.

    “2022-yilning 5-yanvar kuni do‘stim Solijon Mirzayev qo‘ng‘iroq qilib O‘.CH. Andijonga kelganligini, hozir mehmonxonada turganligini aytdi. U yerga borib mehmonni uyga olib keldik. Uyni rasmga olishdi. 6-yanvar kuni yana uyga olib keldik. Shu kuni shartnoma tuzish kerakligi haqida aytdi. Ungacha pul to‘g‘risida umuman gap bo‘lmagandi. Do‘stim Sobir Mirzayevga ‘Taraqqiyot Media’ muhri urilgan shartnomani ko‘rsatishdi. Shartnomada reklama berish bo‘yicha birorta punktini ko‘rmadim. Men O‘.CH.ga shartnomada reklama berish bo‘yicha punktlari bo‘lmaganligini aytganimda, ‘men aytib turaman ruchka bilan yozib kiritamiz’, dedi. Bizni ishontirganligi uchun 1000 dollar berdik. Bizga reklamani tashladi. U uy bizning uyimiz emasdi. O‘sha reklama ham montajsiz, rasvo qilib berilgan. Biz tezda O‘.CH.ga qo‘ng‘iroq qilib, reklamadan qoniqmaganligimizni, uni olib tashlash kerakligini aytdik”, — deydi Murodjon Qurbonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sudlanuvchi O‘.CH. da’vogarlarning gapiga javoban ularni aldash niyati bo‘lmaganligini, “agar shunday niyati bo‘lganda, yashash manzilim haqida ma’lumot bermagan bo‘lardim”, dedi.

    “Namanganda gaplashganimizda reklama haqida aytganman. Qolaversa u menga reklama uchun pul bergan. Murodjon Qurbonov ijtimoiy tarmoq orqali meni yo‘q qilib yuborishi haqida video qo‘ygan. Bu bo‘yicha Andijon viloyati Izboskan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgan. Men o‘zimni o‘zim va oilamni bandligini ta’minlab kelyapman. Davlatdan ish ber deb yurganim yo‘q. Nega meni izlab Namanganga bordi. Men uni majburlab Namanganga yur deganim yo‘q. Uning o‘zi meni izlab telefon raqamimni topgan”, — dedi sudlanuvchi O‘.CH.

    35 yoshli O‘.CH. 2021-yilning avgust oyida fuqaro D.R.ga o‘zining blogerligini aytib, 600 dollar evaziga uy-joy masalasi bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudida ko‘rilayotgan ishni ijtimoiy tarmoqlarga joylash orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan. U 2 million so‘m miqdoridagi pullarini olib, o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

    Bundan tashqari, O‘.CH o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021-yil 7-sentabr kuni fuqaro Yu.D.dan 2 ming dollar evaziga uning nohaq ishdan ketganini ijtimoiy tarmoqlarga joylash orqali unga yetkazilgan moddiy zararni qoplash va ishiga qayta tiklab berishini va’da qilgan. Undan 1 000 dollar miqdoridagi pullarini olib, o‘zining ehtiyojlariga ishlatgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, O‘.CH. 2021-yilning noyabr oyida fuqaro R.Z.ni aldab, 20 million so‘m evaziga unga sobiq turmush o‘rtog‘i bilan bo‘layotgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko‘rilayotgan ishda qatnashib, muammoni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarib, farzandini olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Shuningdek, u Tergov bo‘limi tomonidan ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha unga yetkazilgan 14 ming dollar zararni qoplatib berishni va’da qilib, R.Z.ning 1 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
    Mavzuga doir: Samarqandda hokimlik mansabdorlarining faoliyatiga doir ma’lumotlarni oshkor etmaslik uchun 15 mln so‘m talab qilgan bloger ushlandi

    13.06.2022, 21:22   Izoh (0)   22213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bir yillik daromadimiz o‘rtacha 250-300 mln so‘mni tashkil qiladi”. Novvos boqib daromad topayotgan andijonlik chorvador hikoyasi

    13.06.2022, 20:58

    “Muqaddam sudlanganlarning 18-20 foizi qayta jinoyat sodir etyapti” — Oliy sud raisi senatorlar savollariga javob berdi

    13.06.2022, 20:05

    Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari qo‘mondonini qabul qildi

    13.06.2022, 19:55

    Nukusda erkak kelini va qudasini urib o‘ldirdi

    13.06.2022, 18:49

    “Aholining sog‘lom ekologiya va qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlari kafolati konstitutsiyada o‘z aksini topishi kerak” — mutaxassis

    13.06.2022, 18:37

    “O‘zbekneftgaz”: Yanvar—may oylarida 288,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 106,8 foizga bajarildi

    13.06.2022, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.