• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir yillik daromadimiz o‘rtacha 250-300 mln so‘mni tashkil qiladi”. Novvos boqib daromad topayotgan andijonlik chorvador hikoyasi

    2022-yilning 16-fevral kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida chorvachilikni rivojlantirish, uy sharoitida shakllangan tajribalarni ommalashtirish haqida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda mazkur masalada Baliqchi tumani tajribasini keng qo‘llash lozimligi uqtirilgandi. Xo‘sh, Prezident nazarda tutgan bu tajriba qanday jihatlari bilan afzal va dolzarb?

    “Daryo” muxbiri Baliqchi tumanining Tumor qishlog‘ida bo‘lib, olti sotixli hovlida 60 bosh novvos boqayotgan Abdusamin Husainov bilan suhbatda bo‘ldi.

    Televizor ustasi bo‘lganman, kirakashlik ham qilganman

    “Ota-onam dehqon bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, 10 nafar farzand — besh o‘g‘il va besh qizni dunyoga keltirib, voyaga yetkazishdi. Men oilada yettinchi farzandman. Barchamiz dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanamiz. Maktabni bitirish arafasida televizor tuzatish ustasi bo‘lish niyati paydo bo‘lgan. U paytlarda kamdan kam xonadonlarda televizorlar bo‘lardi, narxi ham ancha qimmat edi. Tuzatuvchi ustalarni topish ham amrimahol edi. Shu sababli maktabni bitirib, o‘zimizdagi texnikumga o‘qishga kirganman. Ham o‘qib, ham ustaga shogird tushib shu hunarni egallaganman. Televizor ustasi sifatida o‘n yilcha ishladim. Qiyinchilik vaqtlari edi. Ish ham shunga yarasha bo‘la boshladi. Keyin savdogarlikda ham o‘zimni sinab ko‘rdim.

    Abdusamin Husainov.

    Abdusamin Husainov.
    Foto: “Daryo”

    2003-yilda kreditga Tiko avtomashinasini olib, kira qilishni boshlaganman. Ishlab harakat qilib, qarzimni uzganman. U paytlarda avtomashinalar kam bo‘lgani uchun buyurtma asosida odamlarni turli hududlardagi hayvon bozorlariga ham olib borib kelardim. Har bozorga borganda hech kim e’tibor qaratmaydigan bir-ikkita mol olardim. Ularni uyda o‘ch-to‘rt oy boqib, semirtirib sotardik. Aslida uyda oilaviy ehtiyojlar uchun sigir va buzoqlar turardi. Shuning uchun hecham mol boqib daromad topishni o‘ylamaganmiz.

    O‘sha davrlarda ko‘proq Paxtaobod tumanining Madaniyat qishlog‘idagi hayvon bozorga borardik. Chunki, u Qirg‘izistondan kelgan mahalliy zotdor mollarni olib, boqardik. U paytlar yem-xashaklar arzonligi uchun ham birgina moldan yaxshi daromad qolardi. Shunda uyda turib ham daromad topish mumkinligini bilganimizdan keyin chorvaga bo‘lgan qiziqishimiz yana-da ortgan. Qisqa muddat ichida mollarimiz sonini avvaliga beshta, o‘nta, yigirmataga yetkazdik. Ayni paytda 60 boshga yaqin novvoslarni parvarish qilyapmiz. Shundan ikki-uchtasi kundalik sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirish uchun boqilayotgan sigirlar bo‘lsa, qolganlarining barchasi katta-kichik yoshdagi novvoslar hisoblanadi”.

    Mutaxassis maslahatlariga quloq solish kerak

    “Mashrabjon degan qadrdon akam bor. Qishlog‘imizdagi fermada veterinar bo‘lib ishlardi. Shu inson bilan doimiy hamkorlik qilib, bilmaganlarimni o‘rganganman. U kishi ishdan qaytayotib, hayvonlarni ko‘rib, holatiga qarab maslahatlarini berib, nima qilishimni aytib turardi. Qo‘lidan kelgancha yordamni ko‘rsatardi. Mutaxassislarda maslahatiga quloq solmas ekansiz ko‘ngildagidek natija bo‘lmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak.

    Boshida mollar sonini bugungi darajadagidek ko‘paytirish maqsadi bo‘lmagan. Lekin shu inson sabab ham qiziqishim oshgan. Mana sekin sekin yillar mobaynida ko‘paydi. Bu narsa bir kun yoki bir yilda bo‘lib qolgan narsa emas, albatta.

    To‘g‘risi, bozorga borganda har qanaqa odam narxiga qarab, qanday molni olishni mo‘ljal qiladi. Men esa ularga didiga to‘g‘ri kelmagan yoki yoqmagan mollarni olaman. Shunda ham kilosiga e’tibor qarataman. Keyin shularga keraklicha chiroyli qarab, qassob yoki xaridorlarni ko‘zini quvontiradigan mol qilib, boqaman. Mollarni asosan Baliqchi, Zarkent, Yorqo‘rg‘on, Chuvama, Namangan hayvon bozorlardan olamiz”.

    Foto: “Daryo”

    Bitta novvosga qancha yem beriladi?

    “Boqayotgan mollarimizga katta-kichikligiga qarab, yem-xashak beramiz. Novvoslarni kichik yoshdagilarga ozroq, kattalariga ko‘proq beriladi. Hisoblab chiqqanimizda bir kunda o‘rtacha bitta novvosga yigirma besh ming so‘mlik ozuqa yem ketadi. Umumiy olganda bir yarim million so‘mlik chiqim qilinadi.

    Asosan kepak va kunjara beriladi. Gohida sheluxa ham berish kerak. Sheluxa jindek qimmatroq bo‘lgani uchun kamroq olamiz. Misol uchun bir yarim kilogramm kepakka bir kilogramm kunjarani aralashtiramiz. Qo‘shimcha silos va boshqa o‘t-xashak tashlab beramiz. Uyda doimiy yem va xashaklar zaxirasi turadi. Bir olganda kami ikki-uch tonna yem olamiz. Sotuvchilarning o‘zlari uygacha olib, kelib berishadi.

    Olti sotix yerning barchasi ham molxona emas. Maydonning bir qismiga kuz oylarida silos o‘ra qilinib, 150 tonna silos jamlab qo‘yilgan”. 

    Qassoblar o‘zlari olib ketadi

    “Bitta novvosni bozorbop qilish uchun bir-ikki oy kamlik qiladi. Buning uchun to‘rt oydan ko‘proq vaqt ketadi. Olti oygacha ham boradiganlari bor. Yetishtirilgan go‘shtlarni o‘zimizni tumandagi yoki viloyat markazidagi qassoblarga sotamiz. Ularning o‘zlari kelib, so‘yib olib ketishadi. Bir oyda oltitagacha, gohida esa yetilganlik holatiga qarab o‘ntagacha novvos sotishimiz mumkin.

    Albatta ularning o‘rnini qoplash kerak. Bunda nechta mol sotsak yana shuncha miqdorda bozordan olib kelib qo‘yamiz. Chunki, topilgan daromadni o‘z joyida aylantirib turmasak bo‘lmaydi”.

    Foto: “Daryo”

    Uydagi hovli novvoslarni boqish uchun torlik qilmoqda

    “Kelgusidagi rejalarimiz kichik fermamizni yana-da kengaytirish. Bizda yer muammosi borligi uchun to‘xtab turibmiz. Qo‘shnilarimiz indamasa-da zararimiz tegmasin deymiz. Shu sababli imkoni boricha hayvonlar turgan joylarni tozalab, hid chiqarmaslik uchun suv ketadigan qilib kanalizatsiya qilganmiz. Sharoit qilgan bo‘lsak-da baribir issiq kunlarda hid kelishi kuchayib ketadi, atrofda pashshalar ko‘payib, e’tirozlar bo‘ladi. Qishning kunida-ku bir amallaymiz. Agar imkon qilinib, bizga yer ajratilsa qisqa muddatda kamida yuzta, bo‘lmasa ikki yuztagacha novvosni boqish imkoniyatimiz bo‘ladi. Bunda ko‘p yillik tajribam asqatishi aniq”.

    Chetga chiqib ishlashni o‘ylab ham ko‘rmaganman

    “Shu yoshga yetibmanki, chet elga ishlash uchun chiqmadim. Hattoki, bu haqida o‘ylashga vaqtim ham bo‘lmagan desam bo‘ladi. Uyda chorvaga qarab, ota-onamni xizmatlarini qilib, duolarini olganman. Hovlimiz o‘n ikki sotixdan iborat. Shundan olti sotixi to‘liq molxona. To‘rt nafar farzandim bor, ikkitasi o‘g‘il. Oilaviy, o‘zim bosh hammamiz chorvaga qaraymiz. Allohga shukur, hozirgi hayotimiz yaxshi. Uy-joylarimiz, shart-sharoitlarimiz yetarli. O‘zim va o‘g‘limga bittadan avtomashina olganmiz. Bir yillik daromadimiz o‘rtacha 250-300 millionni tashkil etadi. Mehnat qilyapmiz, shu mehnatni orqasidan farovon yashayapmiz”.

    13.06.2022, 20:58   Izoh (0)   24926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muqaddam sudlanganlarning 18-20 foizi qayta jinoyat sodir etyapti” — Oliy sud raisi senatorlar savollariga javob berdi

    13.06.2022, 20:05

    Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari qo‘mondonini qabul qildi

    13.06.2022, 19:55

    Nukusda erkak kelini va qudasini urib o‘ldirdi

    13.06.2022, 18:49

    “Aholining sog‘lom ekologiya va qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlari kafolati konstitutsiyada o‘z aksini topishi kerak” — mutaxassis

    13.06.2022, 18:37

    “O‘zbekneftgaz”: Yanvar—may oylarida 288,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 106,8 foizga bajarildi

    13.06.2022, 18:30

    Senat alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga oid qonunni rad etdi

    13.06.2022, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.