• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston va shamol energiyasi: u qanday ishlaydi, nega mamlakat hoziroq unga o‘tishi zarur?

    Tabiat — unga zarar yetkazilmaganida eng chiroyli musavvir, to‘g‘ri munosabat o‘rnatilib, unumli foydalanilganida esa hayotiy zaruriyatlar manbaiga ham aylana oladi.

    Yorqin misol — O‘zbekiston uchun deyarli to‘rt faslda ham porlab turadigan quyosh nuridan maxsus panel, batareykalar orqali issiqlik yoki elektr energiyasini olish mumkin.

    Tabiiy manbalardan qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishning 97 foizi quyosh energiyasi ulushiga to‘g‘ri keladi. Shamol energetikasining quvvati esa 500 GVt.ni yoki amaldagi energotizimdan 30 barobar ko‘p bo‘lgan muqobil qurilmalarni joylashtirish imkonini beradi.x

    “Daryo” qayta ishlanuvchi elektr energiyalari, xususan, shamol elektrostansiyalari o‘zi nima ekani, uning tarixi, foydalanish usullari, qayerlarga qanday maqsadda o‘rnatish mumkinligi va boshqa u bilan bog‘liq kerakli ma’lumotlarni o‘rgandi.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Shamol elektrostansiyalari nima?

    Shamol elektr stansiyalari (keyingi o‘rinlarda SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi qurilma hisoblanadi.

    U xalq orasida shamol parraklari yoki shamol tegirmoni deb ham yuritiladi. Ular foydalanish mumkin bo‘lgan, qayta tiklanuvchi elektr manbai sanaladi.

    Shamol tegirmoni nimadan tashkil topgan va undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

    SHESlar tarkibi shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular o‘rnatiladigan inshootlardan tashkil topadi.

    SHESning balandligi taxminan 90 metr bo‘lib, u 8 mingdan ortiq qismlardan iborat bo‘ladi.

    Shamol elektr stansiyasidan ko‘pincha, shamol oqimining o‘rtacha yillik tezligi yuqori bo‘lgan hamda markazlashtirilgan elektr ta’minot tarmoqlaridan uzoq joylashgan — dasht yoki cho‘lli hududlarda elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi.

    Foto: “www.pppda.uz”

    Foto: “www.pppda.uz”

    Birinchi shamol stansiyasi qayerda o‘rnatilgan?

    Birinchi shamol stansiyasi 1887-yil Buyuk Britaniyada professor Jeyms Blit tomonidan qurilgan. Shamol tegirmonining diametri 10 metr bo‘lib, undan yozgi uyni yoritish uchun foydalanilgan.

    Qanday shamol turbinalari samarador hisoblanadi?

    Shamol turbinasidagi parraklar 3 ta bo‘lganida eng ko‘p samara beradi. Ikkita parrakli shamol tegirmonida turbinaga ortiqcha yuk tushishi hamda havo girdobi turbinaning ishlashiga xalaqit berishi mumkin.

    Shamol tegirmonlari qanday ishlaydi?

    Shamol parraklari shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Hosil bo‘lgan kuchlanish elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generator rotoriga uzatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ham tarmoqqa ulanadi.

    Foto: Автоматизация и производство

    Foto: Автоматизация и производство

    Shamol parraklarining qanday afzalliklari bor?

    Shamol turbinalari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish, SO2 (karbon dioksidi) yoki boshqa gazlarni chiqarmaydi. Qolaversa, ushbu shamol parraklari qurilmalari kam joy egallab, har qanday landshaftga osongina mos keladi.

    Bundan tashqari shamol energiyasi, qazib olinadigan yoqilg‘ilardan farqli o‘laroq, bitmas-tuganmas, ya’ni cheksizdir.

    Demak, shamol generatorlarining afzalliklari quyidagicha:

    • Ekologik toza;
    • Yoqilg‘i talab etmaydi;
    • 15 yildan ko‘p muddat ishlay oladi;
    • Oila, qolaversa davlat iqtisodiyoti uchun foyda keltiradi.
     

    Eng noodatiy SHES Arizona shtat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomagistralga o‘rnatilgan shamol turbinasi, hatto past shamol tezligida ham kichik hajmdagi uyni quvvatlantirish uchun yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin.

     

    Foto: “www.lutheranworld.org”

    Foto: “www.lutheranworld.org”

    Energetika vazirligi Daryo so‘roviga asosan SHESlar bilan bog‘liq bir necha savollarga javob berdi.

    Shamoldan qanday qilib samarador elektr energiyasini olish mumkin?

    Shamoldan samarador elektr energiyasi olish uchun uning o‘rtacha yillik tezligi sekundiga 7 metrdan yuqori bo‘lishi kerak. Zarur bo‘lgan hollarda undan hosil bo‘lgan quvvatlar akkumulyatorda to‘planadi va ularni tarmoqqa uzatsa bo‘ladi.

     

    O‘zbekistonda shamol energiyasidan foydalanishning texnik potensiali 100-500 milliard kVt.soatgacha yetadi. Lekin shamol energiyasi quyoshga nisbatan doimiy mavjud bo‘lishi undan foydalanishda afzallikni oshiradi.

    Shamol elektrostansiyalari energetik potensial va elektr stansiyaning turiga qarab, mavjud infratuzilma obyektlaridan kelib chiqqan holda tasdiqlangan normalar asosida eng maqbul joylarga o‘rnatiladi.

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida elektr energiya stansiyalari mavjud?

    Bugungi kunda O‘zbekistonning 12 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalar mavjud. Xususan, 11 ta davlat issiqlik elektr stansiyalari va markazlari, 49 ta gidroelektr stansiyalar (shundan 5 tasi mikro-GES) hamda Davlat-xususiy sherikligi tamoyillari asosidagi 5 ta issiqlik elektr stansiyasi va 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi mavjud.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Ekologiya hamda mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiruvchi SHESlar bilan bog‘liq rejalar qanday?

     

    2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt, Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta (jami 1 000 MVt) va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 megavatt bo‘lgan sanoat miqyosidagi jami 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zak tumanlari hududida quvvati 200 MVt bo‘lgan navbatdagi shamol elektr stansiyasini qurish uchun tender e’lon qilingan.

    SHESlarning zararli jihat yoki oqibatlari ham bormi?

    Shamol elektrostansiyalari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uch xil muammoli vaziyat mavjud.

    Masalan, ularning ishlashi shamol tezligiga bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, ishlash davomida yetarlicha shovqin yuzaga keladi.

    Foto: abcnews

    Foto: abcnews

    Biroq, bu va quyidagi muammolarni SHESni loyihalashtirish davrida ijobiy hal qilish imkoni ham bor:

    • Shamol parraklaridan keladigan past chastotali tovush.

    Shamol elektr stansiyasini aholi yashash va ekologik muhofaza qilinadigan hududlardan uzoqda qurish orqali turbinalarning tovushini sezilmas darajaga kamaytirish mumkin.

    • Qushlar bilan turbina parraklarini to‘qnashuvi.

    Qushlar yashaydigan va ularning migratsiya yo‘nalishida joylashgan hududda loyihani amalga oshirishdan oldin o‘rganiladi.

    Agarda qushlarga shamol elektr stansiyasidan bo‘ladigan ta’sir salbiyligi aniqlansa, u boshqa hududda quriladi.

    Loyihalarni moliyalashtiradigan xalqaro moliya tashkilotlari ham jonzotlarga zarar yetkazish xavfi bo‘lgan hududlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarni moliyalashtirmaydi.

    • Shamol elektr stansiyasining ishdan chiqqan parraklarini qayta ishlash.

    25 yil ishlagan elektr stansiyaning turbina parraklari va boshqa qismlari sekinlik bilan ishdan chiqa boshlaydi. Parraklar o‘ta mustahkam materiallardan ishlanganligi uchun ham ularni qayta ishlash murakkab hisoblanadi.

    Katta hajmdagi elektr stansiyalardan ushbu chiqindi qismlar chiqishi ortadi. Biroq yangi texnologik yechimlar butun jahon olim va injenerlari tomonidan izlanmoqda.

    Yaqin muddatda parraklardan ajralgan chiqindilarni foydali maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘ladi.

    Foto: “dividends.nuz.uz”

    Foto: “dividends.nuz.uz”

    SHESlarning mamlakat iqtisodiyoti va hayotiga foydalari ko‘p. Ammo…

    Jahon tajribasida quvvati katta turbinalar (4MVt) ishlatiladigan sanoat ko‘lamidagi loyihalar iqtisodiy tomondan afzal ko‘riladi.

    Ammo, bunday loyihalar dastlab katta investitsiyani talab qiladi.

    Agar uzoq hududda elektr energiyasiga ehtiyoj bo‘lsa (masalan aloqa stansiyalari), kichik quvvatdagi turbinadan ishlab chiqariladigan, nominal narxi kattaroq elektr energiyasi ham zarur bo‘ladi.

    Kichik quvvatli turbinalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining nominal narxi turbinaning boshlang‘ich narxiga bog‘liq.

    Shu maqsadda entuziastlar past shamol tezligida ishlashga mo‘ljallanadigan arzon shamol turbinalari modellarini yasash bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

    Foto: “gelio.livejournal.com”

    Foto: “gelio.livejournal.com”

    Odatiylikdan voz kechish nima uchun zarur?

    Elektr energiyasini an’anaviy — o‘tin, ko‘mir, torf va boshqa yoqilg‘ilardan olish usullaridan voz kechish shartmikan, degan savol tug‘iladi.

     

    Doimiy, balki qulaydek tuyulgan ushbu usullar birinchi navbatda ekologiya, u orqali insoniyat va hayvonot olamiga o‘zidan ajraluvchi zararli gazlari orqali salbiy ta’sir o‘tkazadi.

    Qayta ishlanuvchi elektr energiyalarining ishlash tizimi ekologiyaga zararsiz, iqtisodiyot uchun esa foydadan holi emas.

    Boshlanishiga kattaroq pul talab etilsa-da, ularning to‘g‘ri o‘rnatilishi orqali uzoq yillar davomida shunchaki bepul elektr energiyalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lish mumkin.

    Eng asosiysi — shamol parraklari ishlab chiqaruvchi energiyaga ulanib, davlatdan beradigan elektr energiyasi o‘chib qolganida ham xonadon yoki korxonangizda tok uzluksiz quvvat yetkaza oladi.
    11.06.2022, 18:03   Izoh (0)   54910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHda inflyatsiya 40 yillik yuqori darajaga ko‘tarilib, Baydenga bosim o‘tkazmoqda

    11.06.2022, 16:49

    AQSH Hindistondan Rossiya neftini xarid qilmaslikni so‘radi

    10.06.2022, 19:25

    BMT Ukraina g‘allasi bo‘yicha muzokaralar to‘xtagani sababli ochlik xavfidan ogohlantirmoqda

    10.06.2022, 18:31

    Yevropa asosiy stavkani oshirmasa, yanada og‘ir iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin

    10.06.2022, 17:54

    O‘zbekistonga may oyida 1,6 mlrd dollar pul o‘tkazildi. Bu yangi rekord

    10.06.2022, 17:09

    Global ta’minotga bosim: Ukrainadan boshqa davlatlarda ham g‘alla yig‘im-terimi tahdid ostida qolmoqda

    10.06.2022, 00:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.