Mariupol shahridagi “Azovstal” zavodi mudofaasida qatnashgan va keyinroq taslim bo‘lgan mingdan ortiq ukrainalik askarlar tergov uchun Rossiyaga jo‘natildi, deya yozmoqda “TASS” huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib.
Ushbu xabardan yaqin kelajakda bu raqam yanada oshishi mumkinligini bilish mumkin.
Manba, shuningdek, Moskvada “xorijiy yollanma askar” bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuzdan ortiq odam borligini aytgan.
Ukrainalik mahbuslar aynan qanday tergov harakatlarida ishtirok etayotgani ma’lum qilinmagan. Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainadagi voqealar bilan bog‘liq jinoiy ishlar haqida muntazam ravishda ma’lumot berib boradi. (misollar 4, 6 va 7-iyun).
Izoh (0)