• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rossiya va Ukraina o‘rtasida nizo boshlanganda inflyatsiya oshib ketishini bilgandik” — Abdulla Azizov IT‘dagi muammolar, inflyatsiya va oshib borayotgan narxlar haqida

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov IT va bugungi iqtisodiy jarayonlar haqida “Daryo” nashriga intervyu berdi. Suhbat davomida O‘zbekistonda IT’ni o‘qitishda sifatdan ko‘ra songa ko‘proq urg‘u berilayotgani, inflyatsiya o‘sishidagi muammolar, elektr va gaz narxlari ko‘tarilishining yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga ta’siri haqida so‘z bordi.

    Abdulla Azizov

    Abdulla Azizov
    Foto: “Daryo”

    IT sohasida ixtisoslashish muhim

    IT xodimlari sonining ortishi tadbirkorlar shu yo‘nalishga pul tikyapti, ya’ni investitsiya qilyapti degani. Eng muhimi kadr soni bilan barobar ravishda sifatini ham oshirish kerak. Bugungi kunda Hindiston yoki Xitoy yiliga 1 million nafardan ortiq dasturchi chiqaradi. Filippin, Indoneziya davlatlarida tajribali IT xodimlari arzon xizmat ko‘rsatadi va ingliz tilini yaxshi biladi. Ular soni tezlik bilan ko‘payib boryapti. Shuning uchun biz nafaqat son, balki sifatga, qolaversa, ingliz tilini yaxshi o‘qitishga katta e’tibor berishimiz lozim. Bu nimani beradi? Qachonki, chet eldagi investorlar bizning “aytishniklar” sifatini kuchli deb bilsa, tilni yaxshi bilishini ko‘rsa, O‘zbekistondan kadr qidirishni boshlaydi. Shunda xalqaro bozorga tezroq chiqish ehtimolimiz oshadi.

    Hozir yoshlar tomonidan bir qancha dasturlar yaratilganini ko‘ryapman. Bolalarni umumiy IT tushunchasini kengaytirish kerak. Lekin bu ham yetarli emas. Ularga ko‘proq loyiha berish, tajribalarini oshirish lozim. Meni IT sohasi xodimlariga maslahatim tor sohaga kirish kerak. Ya’ni ular hamma narsani bilib olaman: “sisadmin” bo‘lib, xavfsizlik bo‘yicha ham, dasturchi sifatida ham ishlayman desa, eng katta xato qilayotgan bo‘ladi. U keyin yaxshi ish topa olmaydi. Chunki bitta sohaga kuchli ixtisoslashmagan bo‘ladi. Hozirgi kunda xorijda IT mutaxassis qidirilganda ixtisoslashgan kadr izlash boshlangan. Hali O‘zbekiston bu sohada orqada bo‘lgani uchun biz hozir ham umumiy “aytishnik”larni qidirib yuribmiz. Lekin chet elda tor soha bo‘yicha xodim qidiriladi. Hech qachon umumiy IT bilan shug‘ullanadigan odamni qidirishmaydi. Chet elga, masalan, Yevropaga borsangiz, rus, ukrain, belarus “aytishnik”lari kuchli degan gap bor. Chunki ular sifatni ko‘rsatgan. Biz ham shu darajadaga urg‘uni ko‘proq berishimiz kerak.

    Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizo inflyatsiya oshishiga olib keldi

    Bugungi davrda inflyatsiya ko‘tarilishi tabiiy hol. Buni avvaldan bilardik. Chunki Rossiya va Ukraina o‘rtasida nizo boshlanganda shunday bo‘lishini hamma tushunib yetgan. Masalan, biz o‘sha kuniyoq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yig‘ilish o‘tkazib, kelayotgan jihozlarni yoki xomashyolarni qaytadan ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri kelgan. Chunki biz narxlar o‘sib ketishini bilardik. Bunday hollarda narxlar oshishi tabiiy. Har doim shunday bo‘lgan.

    Biz bunday jarayonlarga qanday tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak? Avvalo, tadbirkorlarga katta e’tibor qaratish zarur. Ularning yo‘lini iloji boricha ochish kerak. Tadbirkorlar imkon qadar ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishi lozim. Eng asosiysi, bozor qidirish kerak. Inqirozda har doim yutadigan va yutkazadigan taraf bo‘ladi. Biz yutadigan tarafga qarab yurishimiz lozim. Masalan, Rossiyaning yopilishi bilan qanaqa bozorlar ochildi? Chunki u davlat juda katta xomashyo yetkazib beruvchi edi. Uning yopilgani bizga imkoniyat degani. Masalan, men birinchi o‘rinda Rossiya bozorida eksport qayerga bo‘lgani va qayerda to‘xtaganini o‘rganib, tahlil qilgan bo‘lardim. Shu bilan birga, importni ham o‘rgangan bo‘lardim. Chunki Yevropa ham importni yopdi. Lekin talab birdan yo‘qolib qolmaydi. Hozir, masalan, mana shuni o‘rganishimiz kerak. Tadbirkorlarga eshikni ochib berishimiz va qaysi yo‘nalish bo‘yicha yangi imkoniyatlar borligini ham aytishimiz kerak. Misol uchun, oddiy tadbirkor sifatida men butun Rossiya yoki Ukraina haqida ma’lumotlarni bilishim qiyin. Lekin davlat organlari bu ma’lumotlarni yig‘ib berishi mumkin. Masalan, Tashqi savdo vazirligi. Rossiya eksport-importini o‘rganib, qaysi sohada talab yuqoriligini aniqlab, o‘sha yerga ko‘proq kuch sarflashimiz mumkin. Shu orqali biroz bo‘lsa-da, inflyatsiyaning oldini olamiz. Chunki ishlab chiqarish va pul kelishi ko‘payadi. Eksport qilish orqali xodimlarni ish bilan ta’minlash inflyatsiyani ushlab turishga yordam beradi. Lekin hozirgi narx oshishining tabiiy hol ekanini ko‘pchilik bilgan edi. Buni har doim davlat subsidiyalari orqali ushlab turish ham iqtisodga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun men har doim aytamanki, erkin bozor eng yaxshisidir. Chunki tizimga qachon sun’iylik aralashadigan bo‘lsa, u ko‘p yutkazishlar olib kela boshlaydi. Qisqa muddatda yutishimiz va xalqni tinchlantirib turishimiz mumkin. Lekin biroz o‘rta va uzoq muddatda biz har doim yurkazamiz. Chunki biz narxlarni sun’iy ushlab turgan bo‘lamiz. Sun’iylik bozor iqtisodiyotida eng yomon ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.

    “Men erkin bozor tarafdoriman”

    Albatta, mahsulot tannarxiga ta’sir qiluvchi omillar bo‘ladi. Lekin bir narsani bilishimiz kerak, hozirgi kunda misning narxi oshib bormoqda. Metallar narxlari ko‘tarilmoqda. Buni ham e’tiborga olishimiz lozim. Tannarx oshadigan bo‘lsa, bizning tushumimiz ham o‘sha bilan birgalikda oshib boryapti. Shuning uchun bundan qo‘rqish kerak emas. Men har doim erkin bozor tarafdoriman. Davlat qanaqadir kuch ishlatib, subsidiya berishini qo‘llab-quvvatlamayman. Hammaga bir xil sharoit va ochiqlik ko‘proq narsani yaratadi. Chunki inson qachonki qiynalsa, o‘sha yerda chora va yechim qidiradi. Insonga qachonki yengillik berilsa, u har doim yengillikka o‘rganadi va yengillik talab qiladi. Biz har doim yengillik berib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlayversak, ertaga u shunga o‘rganadi va har doim talab qiladigan bo‘ladi. Agar biz uni qo‘yib yuborib, ‘o‘zingni bozoringni topgin’, desak, u baribir topadi. Keyin biz unga yo‘nalish, ma’lumot berishimiz, sharoiti yaratishimiz, ya’ni joy topib berish, kredit ajratishda yordamlar ko‘rsatilishi mumkin. Va, albatta, u javobgarlikni o‘z bo‘yniga olib harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

    Bizning xalqimiz uddaburon xalq, har doim o‘zining bozorini topgan. Chet elga chiqsangiz ham bozorini topgan ko‘plab o‘zbeklarni ko‘rasiz. To‘g‘ri, qisqa muddatda ko‘p tanqidlar bo‘ladi. Lekin ko‘rasiz, 2-3 oyda hammasi joyiga tushib, barchasi o‘z o‘rnini topa boshlaydi. Bundan qo‘rqish kerak emas.

    Davlat nega o‘z korxonalariga ko‘proq imtiyoz beradi?

    Davlat nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy sektorga ham juda ko‘p yordamlar ko‘ratadi. Soliq sohasida o‘zim ishlaganim uchun bilamanki, masalan o‘zini o‘zi band qilish ham davlat tomonidan ko‘rsatilgan bir yengillik. Chunki bor-yo‘g‘i 200-300 ming so‘m atrofida yillik soliq to‘laysiz, aylanma mablag‘ingiz 100 million so‘mdan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Lekin kichkinagina summada soliq to‘laysiz. Bu ham o‘sha kichik bizneslarni rivojlantirishga olib keladigan yordam hisoblanadi. Bu yerda davlat korxonasi yo‘q. U bunday shaklda ishtirok etmaydi.

    To‘g‘ri, davlat strategik yo‘nalishlarda subsidiya yoki boshqa qandaydir yengillik yaratishi bor gap. Chunki u yo‘nalishni davlat rivojlantirishi kerak bo‘lishi mumkin. Hamma mamlakatlarda strategik yo‘nalishlarga davlat o‘zi yordam beradi. Ba’zan subsidiya beradi, gohida pullar ajratadi. Chunki o‘sha yo‘nalishni rivojlantirish lozim. Masalan, IT sohasini olaylik. Mazkur sohani mamlakatda rivojlantirish uchun davlat juda katta mablag‘ ajratyapti. Bu o‘z navbatida budjetga katta zarar. Masalan, yoshlarni tekinga o‘qitishga ham yaxshigina mablag‘ ketyapti aslida. Biz buni his qilmaymiz. Lekin davlat o‘zidan pul ketayotganini his qiladi. Ammo davlat o‘sha sohani rivojlantirsa, u uzoq muddatda yaxshi qaytim olib keladi.

    07.06.2022, 12:22   Izoh (0)   6874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olindi

    07.06.2022, 11:37

    Ohangaronda jarima maydoniga olib ketilayotgan mashinadan o‘zini tashlab yuborgan haydovchi voqeasi bodikamera videolari orqali o‘rganilmoqda

    07.06.2022, 10:46

    “O‘zgidromet” 8-iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    07.06.2022, 10:31

    Sud O‘zbekiston hududiga dron olib kirgan rossiyalik turistni oqladi

    07.06.2022, 09:49

    Farg‘onada 37 yoshli qassobning murdasi kushxonadan topildi

    07.06.2022, 09:22

    Toshkent viloyatida haydovchi jarima maydoniga olib ketilayotgan mashinasidan o‘zini tashlab yubordi

    07.06.2022, 08:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31

    AQSH va Xitoy savdosidagi o‘sish bojlar tufayli pasaygani ma’lum qilindi

    Dunyo | 14 iyul, 21:20

    Issiqda qaysi yeguliklarni yetkazib berish xizmati orqali buyurtma berib bo‘lmaydi?

    Maslahatlar | 14 iyul, 20:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.