• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Global oziq-ovqat narxining o‘sishi rivojlanayotgan bozorlar uchun xavflarni kuchaytirmoqda. O‘zbekiston ham ular orasida

    S&P Global reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar global oziq-ovqat narxlarining o‘sishiga yetarlicha jiddiy e’tibor qaratmayapti. Bu esa davlat moliyasiga putur yetkazishi va kelgusi yillarda rivojlanayotgan bozor mamlakatlarida ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Financial Times oziq-ovqat inqirozini tahlil qilib, uni qachongacha davom etishi kutilayotganini aytib o‘tdi.

    Foto: The Times

    Foto: The Times

    Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo oziq-ovqat zanjiriga jiddiy talafot yetkazdi.  Ukraina bug‘doy va boshqa don, shuningdek, kungaboqar yog‘ini eksport qiluvchi dunyodagi yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. 

    Urush oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari oqimi ushbu davlatdan to‘sib qo‘yildi va oziq-ovqat narxlari ko‘tarildi. 

    S&P Global chorshanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytilishicha, neft narxining oshishi bilan bir qatorda, oziq-ovqat narxlari ko‘plab rivojlanayotgan iqtisodlarning kredit qobiliyatiga bosim o‘tkazishi mumkin.

    Energetika va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi ko‘pchilik rivojlanayotgan bozorlar uchun to‘lov balansi, fiskal va o‘sish talafotlarini anglatadi. Bu global pandemiya allaqachon salbiy ta’sir ko‘rsatgan davlat moliyasi va reytinglaridagi keskinlikni kuchaytiradi, — dedi reyting firmasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha suveren mutaxassisi Frank Gill.

    Rivojlanayotgan bozor qarzlariga sarmoya kirituvchi investorlarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat xarajatlari urushdan keyin qashshoq mamlakatlar uchun yaqinlashib kelayotgan muammoga aylangan. 

    O‘tgan oy defolt bo‘lgan Shri-Lankada oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi xorijiy zaxiralarning qisqarishiga, norozilik va ijtimoiy beqarorlikning kuchayishiga olib keldi. 

    Hukumat zaruriy tovarlarning keskin tanqisligiga duch keldi va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladigan oziq-ovqat bankidan yordam so‘radi.

    Hisobotda aytilishicha, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Kavkazdagi past va o‘rta daromadli mamlakatlar oziq-ovqat tovarlari bozorlaridagi shoshilinch zarbalardan eng ko‘p zarar ko‘radi. 

    Tojikiston va O‘zbekiston oziq-ovqat importiga yuqori darajada qaramlikka ega va odatda o‘z bug‘doyining asosiy qismini eksport cheklovlari mavjud Qozog‘istondan sotib oladi. 

    Arab davlatlaridan Marokash, Livan, Misr va Iordaniya oziq-ovqat ta’minoti uchun Ukrainaga tayanadi va urush tufayli narxlarning ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

    Ushbu mamlakatlarning aksariyatida importni o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan almashtirish imkoniyati cheklangan. Buning oqibatida narxlarning o‘sishi ortidan ijtimoiy tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkin.

    Foto: S&P Global

    Foto: S&P Global

    S&P Global mamlakatlarning oziq-ovqat importini yalpi ichki mahsulotga nisbatan solishtirib chiqdi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkichga ega 10 ta davlat orasida O‘zbekiston ham bor.

    Tojikistonda oziq-ovqat importi YIMga nisbatan 3,5 foizga yaqin bo‘lgan. Bu esa dunyodagi eng baland ko‘rsatkich. O‘zbekistonda YIMga nisbatan oziq-ovqat importi 1 foizdan oshiqroq bo‘ldi. 

    Tahlilchilarning fikricha xalqaro bozorlar Ukrainadagi urushning oziq-ovqat ta’sirini bir yillik zarba sifatida baholamoqda. Biroq oziq-ovqat inqirozi 2024-yilgacha davom etishi mumkin.

    Avvalroq O‘zbekistonga yil boshidan beri 1,1 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan edi.

    03.06.2022, 16:10   Izoh (0)   16450
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda shakar narxi qancha?

    03.06.2022, 14:54

    Yevropa Ittifoqi 6 oy ichida Rossiya neftidan voz kechishni tasdiqladi

    03.06.2022, 13:25

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon yarim milliondan ortiq kishi o‘zini o‘zi band qilgan maqomini oldi

    02.06.2022, 21:08

    Butun dunyoda neft narxi yana ko‘tarilmoqda. Bunga nima sabab va O‘zbekistonda vaziyat qanday?

    02.06.2022, 20:08

    O‘zbekistonga yil boshidan beri 1,1 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan

    02.06.2022, 14:21

    Braziliyadan xom shakar, Pokistondan kartoshka, Turkiyadan margarin — qanday qilib hozir O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayapti?

    01.06.2022, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.