Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonga 2022-yilning may oyida 1,12 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘p. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning mos davrida 756 mln dollarlik oziq-ovqat import qilingan bo‘lib, joriy yilda bu ko‘rsatkich 370 mln dollarga o‘sdi. 

2021-yilning yanvar—aprel oylarida jami import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 10,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning yanvar—aprel oylarida bu ko‘rsatkich 0,6 foizga ko‘payib, 11,2 foizni tashkil etdi.

Eng ko‘p oziq-ovqat Qozog‘istondan keltirilgan — 430 mln dollar. Bu o‘tgan yilga nisbatan 150 mln dollarga ko‘proqdir. 

Rossiya 280 mln dollardan ortiq oziq-ovqat bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Braziliya qariyb 130 mln dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 

Yil boshidan beri Ukrainadan oziq-ovqat importi keskin qisqargan. O‘tgan yilning yanvar—aprel oylarida 20 mln dollardan ortiq oziq-ovqat ushbu davlatdan keltirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 12 mln dollarga yaqin bo‘ldi. 

Qozog‘istondan 21 mln dollarlik margarin va margarin mahsulotlari import qilingan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 barobar ko‘proqdir. 

Rossiyadan bolalar uchun 7,8 mln dollarlik oziq-ovqat import qilingan va bu 2021-yilga qaraganda 50 foizga ko‘p.

Avvalroq O‘zbekistonda 22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2023-yilgacha bojxona bojlaridan ozod etilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)