• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qizim shifokorlar xatosi sabab farzand ko‘rolmaydigan bo‘lib qoldi”. Samarqandlik ota shifokorlarni mas’uliyatsizlikda ayblamoqda

    “Daryo”ga Samarqand viloyatining Payariq tumani “Olmazor” mahallasida yashovchi fuqaro Asqar G‘ofurov murojaat yo‘llab, 2022-yilning 29-aprel kuni qizi Nilufar Umrzoqova Samarqand shahridagi 1-son shahar tug‘uruqxonasida kesar kesish yo‘li bilan farzandli bo‘lganini ma’lum qilgan. Biroq, operatsiyadan so‘ng 22 yoshli qizining sog‘ligi yomonlashgani, shifokorlar xatosi sabab oradan besh kun o‘tib qayta operatsiya qilgani-yu, endilikda farzand ko‘rolmasligini ma’lum qilgan.

    Asqar G‘ofurov.

    Asqar G‘ofurov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    Ma’lum bo‘lishicha, 2000-yilda tug‘ilgan Nilufar Umrzoqova 2022-yilning 29-aprel kuni soat 11:20 da tug‘uruqxonaga qabul qilingan. Tug‘uruqning birinchi davri bo‘lgan ayolda soat 18:30 atrofida og‘riq yo‘qolgan. Shu sababli shifokorlar ayolni kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirgan.

    “29-aprelda operatsiya bo‘ldim. O‘sha kuni yaxshi edim. Keyingi kuni ham kun bo‘yi yaxshi yurgandim. Kechqurun sog‘lig‘im yomonlasha boshladi. Kechasi bilan isitma qildim. Haroratim 40 gradusdan pastga tushmadi. Hamshirani chaqirgan edim, ukol qilib ketdi. Shundan so‘ng haroratim tushdi. Keyingi kuni yana sog‘lig‘im yomonlashdi. Uydagilarimni chaqirdim. Ancha ukol-dori yozib berdi. O‘shani qilishdi. Baribir sog‘lig‘imda o‘zgarish bo‘lmadi. Keyingi kuni yana boshqa dori yozib berdi. O‘shani olganimdan so‘ng yaxshi bo‘lib qoldim. Ammo ketaman degan kunim tana haroratim yana 40 gradusga ko‘tarilib, umuman tushmay qo‘ydi. 5-may kuni yana qayta operatsiya qilishdi. Menga nima bo‘ldi desam, aytishmadi. Keyin tushdan so‘ng birdan operatsiya qilishdi. Nega operatsiya qilyapti, deb so‘raganimda ichingda suv to‘planib qolgan deyishdi. Qolganini bilmayman” , — deydi Nilufar Umrzoqova.

    Nilufar Umrzoqova.

    Nilufar Umrzoqova.
    Foto: “Daryo”

    Akusher-ginekolog Dilovar Hamdamova birinchi operatsiya 29-aprel kuni soat 19:00 da amalga oshirilganligini aytmoqda.

    “O‘sha kuni navbatchilik vaqtimda ayolni qabul qilib oldim. Soat 18:30 da ayolning tug‘urug‘ida asoratlar kuzatildi. Chanoq bosh nomutanosibligi kuzatilganligi uchun kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazishga qaror qildik. Navbatchi vrachlar bilan birgalikda ko‘rik o‘tkazdik. Ayolning qarindoshlaridan, o‘zidan operatsiyaga rozilik xati oldik. Ayolga tug‘uruq jarayonida kuzatiladigan asoratlar haqida tushuntirdik. Shundan so‘ng rozilik xatini yozib berdi. 29-aprel kuni soat 19:00 da kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazdik. 3 kilo 610 gramm o‘g‘il jinsli chaqaloq tug‘ildi. Operatsiyadan keyin bemorda uch sutka davomida tana harorati ko‘tarilishi kuzatilgan. Ayolning issig‘i ko‘tarilganligi sababli protokol bo‘yicha intensiv terapiya va antibakterial terapiyani o‘tkazdik. 5-may kuni soat 12:00 da ayolda konsilum o‘tkazilib, bachadon subinvalutsiyasi, choklar nosozligi tashxisi qo‘yildi va ayol operatsiyaga olindi. Ayolga yettinchi sutkada chaqalog‘i bilan qoniqarli ahvolda uyiga javob berildi”, — deydi 1-son tug‘uruq majmuasi xasta homiladorlar bo‘limi akusher-ginekolog vrachi Dilovar Hamdamova.

    Dilovar Hamdamova.

    Dilovar Hamdamova.
    Foto: “Daryo”

    Nilufar Umrzoqovaning onasi Feruza G‘ofurovaning ta’kidlashicha, operatsiyadan keyingi holat haqida hali qizining xabari yo‘q.

    “Birinchi kuni o‘zlari olib ketishdi. Operatsiya emas, o‘zi tug‘ishga harakat qiladi, deyishdi. Men bormadim. O‘zlari hamisha tug‘dirib yotishibdi-ku. Telefonda tinimsiz aloqada bo‘lib turdim. Tug‘ganidan so‘ng ertasi kuni bordim. Qizim yaxshiman deb aytdi. Birinchi kunida oyoqlarida, keyingi kunlarda yuzida shish bor edi. Borib ko‘rdim, yana yaxshiman dedi. Ozgina gaplashdik, ichkariga kirib ketdi. Keyingi kunlarda ham dadasi bilan bordik. Qorni shishgan, qizim esa oshqozoni dam bo‘layotganligini aytdi. Parhezdaman, sho‘rva ichmayman deb janjal qildi. Keyin nega bunday shish bo‘ladi desam, bilmasam dedi. Shifokorlar parhez qilib turishini aytgan. Xullas, qorin shishi qaytmadi. Aya, terlab ketyapman, dedi. Borganimizda ham terlab ketayotgandi. Do‘xtirlar bilan gaplashib ko‘rdim. Suv to‘plangan yoki qon to‘plangan, dedi. Men tinimsiz UZIga tushirib turganman, holati yaxshi edi. Loyishga, Chelakka va Samarqand shahrida UZIga tushirganman. Hozir nevaramning ahvoli yaxshi, ishtahasi zo‘r”, — deydi Feruza G‘ofurova.

    Feruza G‘ofurova.

    Feruza G‘ofurova.
    Foto: “Daryo”

    Nilufar Umrzoqovaning otasi Asqar G‘ofurovni qizining olti sutka o‘tib, qayta operatsiya qilinishi sababi qiziqtirmoqda.

    “Insonning hayoti ustidan tavakkalchilik qilish to‘g‘ri emas. Olti sutka o‘tib, qayta operatsiya qilinishiga nima sabab bo‘lgan? Bu holatni hech qaysi ota-onaga ravo ko‘rmayman. Tajribasi yetmasa, bilimi yetmasa, nima qiladi unda odamlarni aldab? Prezidentimiz jahoning eng yaxshi, zamonaviy apparatlarini olib kelib qo‘yibdi. Shularga tayangan holda ish ko‘rish kerak-da. Oxirgi daqiqalarda ulgurib qolishdi. Haliyam vijdonli shifokorlar bor ekan shularning sa’y-harakati bilan qizimning hayoti saqlab qolindi”, — deydi qizning otasi.

    1-son shahar tug‘uruqxonasi vrachi Guljannat Isroilova tug‘uruqdan oldin ayolning ahvoli yaxshi bo‘lganini, uning sog‘lig‘ida muammo bo‘lmaganini aytmoqda.

    Guljannat Isroilova.

    Guljannat Isroilova.
    Foto: “Daryo”

    “Tug‘uruqdan so‘ng ayolda uch sutka yallig‘lanish jarayonlari kechganligi sababli tana harorati ko‘tarilgan. 5-may kuni shu tashxisga asosan qayta operatsiya o‘tkazilib, 11-may kuni ayol qoniqarli ahvolda bolasi bilan uyiga qaytarilgan. Ayolda shishlar bo‘lganligi sababli tumandagi shifokorlarga ishonmaymiz, degan ma’noda shaharga kelishgan. Kelinning qaynotasi tomoni tanishlarimiz bo‘ladi. Bemor har hafta shanba kuni uyimga qaynonasi bilan borib, ko‘rikdan o‘tib turardi. Siz shu yerda ishlaysiz deb bu yerga kelishgandi. Undan keyin ham borib ko‘rdim. Ahvoli yaxshi”, — deydi 3-son akusher-genikologiya kafedrasi assistenti, 1-son shahar tug‘uruqxonasi vrachi Guljannat Isroilova.

    Shifokorlarning qo‘shimcha qilishicha, ayolda tug‘ishdan oldin qog‘onoq suvlari ketgan. Homila ham chanoqqa nomutanosib kelgan. Chanoq bosh disproparsiyasi kuzatilganligi sababli Nilufar Umrzoqova operatsiya yo‘li bilan tug‘gan.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi Asqar G‘ofurov shifokorlar xatosi sabab qizi shu ahvolga tushganini, kelajakda boshqa farzand ko‘rolmasligini aytib, barchani hushyor bo‘lishga, shifokorlar mas’uliyat bilan ishlashi uchun ham bu masala yakuniga yetishi kerak degan fikrda.

    Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Nilufar Umrzoqova bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil qilganligini ma’lum qildi. Holat yuzasidan yakuniy xulosa ekspertiza xulosasi va ishchi guruh o‘rganishlaridan so‘ng e’lon qilinadi.

    24.05.2022, 20:08   Izoh (0)   46896
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda YPX xodimi qoidabuzar haydovchini elektroshoker yordamida qo‘rqitishga urindi (video)

    24.05.2022, 19:54

    “Burgalik” dam olish oromgohi auksionga qo‘yildi

    24.05.2022, 19:51

    O‘zbekistonda raqobat qonunini buzgan kompaniyalar ro‘yxati yangilandi

    24.05.2022, 19:40

    O‘zbekistonda Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

    24.05.2022, 19:25

    Toshkent viloyatida Xalq bankiga tegishli Damas qarama-qarshi yo‘nalishdagi “Jiguli” bilan to‘qnashdi

    24.05.2022, 19:23

    Farg‘ona va Namangan soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

    24.05.2022, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.