“Barselona” Robert Levandovski uchun “Bavariya”ga rasmiy taklif yubordi.
O‘tgan haftada myunxenliklar hujumchi borasida rasmiy taklif olgan. “Barselona” 33 yoshli Robertga 32+5 million yevro to‘lashga tayyor. “Bavariya” rahbariyati hozircha aniq javob bergani yo‘q.
Levandovski kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi bilan ikki marta videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlashgan. Ispaniyalik murabbiy polshalik hujumchini o‘z loyihasiga, uni toza to‘qqizlik sifatida sinamoqchiligiga ishontirgan.
Avvalroq “Real” ham Mbappe transferi barbod bo‘lgach, polshalik hujumchiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Robert Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 46 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)