Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yil yakuniga qadar birjadagi tovar aylanmasini 2 baravarga oshirish uchun barcha zaxiralarni ishga solish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, suyuq mineral o‘g‘itlar, neft koksi, nafta, kaustik soda, suyuq uglerod oksidi va texnik kislorod, metall prokat list va po‘lat sharlar, barda kabi mahsulotlarni birja orqali sotishni boshlashga ko‘rsatma berilgan. Yig‘ilishda ayrim turdagi yuqori likvidli tovarlar birjaga qo‘yilmagani oqibatida ularning narxlarida o‘sish kuzatilayotgani ta’kidlangan.
2021-yilgi paxta hosilidan qariyb 1,5 million tonna texnik chigit olingan. Lekin shundan birjaga 939 ming tonnasi yoki 56 foizi chiqarilgan. Birjadan chigit olgan 119 ta yog‘-moy korxonasidan 20 tasi paxta yog‘ini birja savdolariga umuman qo‘ymagan. Shu bois yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilgani ustidan tizimli nazorat o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan.
Bunda birjaga qo‘yish majburiy bo‘lgan tovarlarni, ayniqsa, texnik chigit va paxta yog‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotgan korxonalarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi.
Mavzuga doir:
- “Birja savdolari yashirin iqtisodiyot va korrupsiyani keskin kamaytiradi” — Shavkat Mirziyoyev
- Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda Sirdaryo, Andijon va Surxondaryodagi korxonalarning birja savdolaridagi ishtiroki pastligi tanqid qilindi
- O‘zbekistonda milliy mahsulotlarni birjada ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Izoh (0)