• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nest One binosi quruvchilari oylik berilmagani sababli ko‘chaga chiqdi. Kompaniyaning o‘zi ish haqi kechikishini texnik holat deya izohladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Nest One binosi oldida xodimlar norozi bo‘lib to‘plangani va yo‘lni yopib qo‘ygani aytilgan videolavhalar tarqaldi. Keyinroq tadbirkor Murod Nazarov Instagram tarmog‘i orqali chiqish qilib, vahimaga o‘rin yo‘qligini aytdi.

    “Men Nest One’da turibman. 17-may, soat 15:09. Ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilib charchatib yubordinglar. Osh yemaganinglar uchun, chaqira olmaganim uchun alamni olish bunday bo‘lmasin, iltimos. Nima keragi bor shunday vahima qilishni? Hamma joy tinch. Hamma ishlar yaxshi ketyapti. Bitta osh qilib, baloga qoldim”, — deydi tadbirkor.

    “Daryo” muxbiri holat sodir bo‘lgan joyga borib, vaziyatni o‘rgandi.

    Nest One qurilish binosi marketing bo‘yicha bosh mutaxassisi Maftuna Amilxonovaning ma’lum qilishicha, hodisa 17-may kuni soat 08:45 da yuz bergan.
    “Aslida, 2 yildan buyon har oyning 8-sanasidan 12-sanasigacha oylik beriladi. Ammo bu oy bizda shunday holat bo‘lgani uchun bir hafta oldin barchani ogohlantirdik. 4-5 kunga kechikishi haqida ogohlantirdik. Oylik kechikishining sababi texnik holat. Oxirgi muddat bizda 17-may edi. Bugun soat 08:45 da bank va kartochkalarni ishga tushishini kutmasdan, ishchilar ko‘chaga chiqdi. Ammo 09:00 bo‘lishi bilan biz ulardan telefonlarini ochib qarashlarini, kartochkaga pul tushganini aytdik. Bo‘ldi shu”, — deydi u.

    Maftuna Amilxonova

    Maftuna Amilxonova
    Foto: “Daryo”

    Maftuna Amilxonovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat uyushtirilmagan. Shuningdek, u oyliklar kechikishi kompaniyaning moliyaviy ahvoli yomonlashgani bilan bog‘liq emasligini aytdi.

    “Bu texnik nosozlik. Biznesda har xil holat bo‘ladi. Bizning kompaniyamizda bu oy shunday holat bo‘lib qoldi. Shuning uchun, barcha ogohlantirilgan. O‘zimiz bergan va’daning ustidan chiqib, 4-5 kunni ichida oyliklarni tushirib berdik. Bu birinchi marta bo‘lyapti. 2019-yildan beri ishlab kelaman, oyliklar hamisha aytilgan kunda beriladi. Hodisa birinchi marta bo‘lgani uchun biz buning ustida ishlayapmiz. Tegishli organlar bilan bu borada gaplashamiz. Boshqa bunday holat bo‘lmasligiga va’da beramiz. Holat kim tomondan uyushtirilgani haqida ma’lumot hozircha yo‘q. Bilasizlar, bankda ish 09:00 dan boshlanadi, ushbu hodisa esa 08:45 da sodir bo‘ldi. Soat 09:00 da barchaga pul tushirib berildi”, — dedi u.

    Nest One vakili Murod Nazarovning Instagram sahifasida osh haqidagi gapiga: “Murod aka hazil qildilar. Endi holatni hamma tushunib turibdi. Murod aka bizning ruhiyatimizni ko‘tarib turadigan inson”, — deya qo‘shimcha qildi Maftuna Amilxonova.

    Murod Nazarovning osh haqidagi gapi uning Nest One binosi tomida pishirgan oshi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 15-may kuni tadbirkor Instagram sahifasiga bino tomida o‘choqda osh pishirgani videosini joylagan edi.

    Nest One mehnat muhofazasi xodimi Bahodir Musayev ham holatga izoh berdi.

    Bahodir Musayev

    Bahodir Musayev
    Foto: “Daryo”

    “Bizda har oy maosh oyning 8-sanasidan 12-sanasigacha beriladi. Lekin bu oy texnik sabablarga ko‘ra maosh 5 kunga kechikdi. Bu narsa 3-4 kun avval bizga aytildi: “Maosh texnik sabablarga ko‘ra kechikadi”. Liftning oldida 70-80 kishi bor edi. Bu yerda esa 600 dan ortiq odam bor. Ogohlantirishni eshitmagan odamlar chiqib, rahbarlardan oylik tushmayotganining sababini so‘rashdi. Rahbarlar kelib, vaziyatni tushuntirishdi. Soat 09:40 larda oyliklar tushish boshlanganidan keyin hamma o‘z ishiga borib ishini davom ettirdi. Bu holat avval bo‘lmagan. Endi bundan keyin ham bo‘lmasligiga harakat qilamiz”, — dedi mutaxassis.

    Shuningdek, voqea joyiga yetib borgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilishini aytdi.

    Mavjuda Mirzayeva

    Mavjuda Mirzayeva
    Foto: “Daryo”

    “Bandlik vazirligi har doim mehnatkashlarning sharoitlarini o‘rganib kelgan. Bugungi chiqqan video yuzasidan ham biz munosabat berishimiz kerak. Bu vaziyatni, bugungi holatni davlat mehnat inspeksiyasi batafsil o‘rganadi. Hozircha bizda aniq ma’lumotlar yo‘q. Mutaxassislarimiz o‘rganishga kirishdi. Biz bu holatni bugun kechgacha o‘rganib, munosabatimizni beramiz. Ushbu holat bo‘yicha video tushdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga chiqdi. Biz zudlik bilan voqea joyiga yetib keldik. Mutasaddilar bilan holat yuzasidan suhbatlar olib bordik”, — dedi vazirlik vakili.

    Mavzuga doir: Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in chiqdi (video)

    17.05.2022, 17:40   Izoh (0)   38073
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nurdinjon Ismoilov Ozarbayjon prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning tabrik maktubini topshirdi

    17.05.2022, 17:36

    O‘zbekistonda mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi

    17.05.2022, 17:21

    O‘zbekiston Tovar xom-ashyo birjasiga olib chiqiladigan mahsulotlar turi 5 baravarga oshirish vazifasi qo‘yildi

    17.05.2022, 17:12

    O‘zbekistonda milliy mahsulotlarni birjada ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

    17.05.2022, 16:59

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda Sirdaryo, Andijon va Surxondaryodagi korxonalarning birja savdolaridagi ishtiroki pastligi tanqid qilindi

    17.05.2022, 16:41

    Bosh prokuratura Toshkentdagi mehribonlik uyida bo‘lib o‘tgan namoyish uyushtirilgan bo‘lib chiqqanini ma’lum qildi

    17.05.2022, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.