Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda birja savdolarida milliy mahsulotlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.
Yangi tizim bo‘yicha:
- tuman hokimi g‘alla yetishtiruvchi fermer va klasterlar kesimida bug‘doyni birjaga olib chiqish oyma-oy rejasini ishlab chiqadi;
- tuman hokimi va Savdo-sanoat palatasining tuman bo‘limi ushbu fermer va klasterlarni birjada ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkillashtiradi;
- tadbirkorga qulay bo‘lishi uchun Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limida birja savdo maydonchasi tashkil etiladi;
- ushbu savdo maydonchasida tadbirkor, fermer va klasterlarga birja hujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashiladi;
- ular shu joyning o‘zida birja savdolarida ishtirok etishga o‘qitiladi;
- fermerlarga bug‘doyni birjaga qo‘yganda garov talab etilmaydi.
Sotilgan mahsulotga birja tomonidan bir kunda to‘lov amalga oshiriladi. Bunda fermerga to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishini birja kafolatlaydi.
“Bu yangi tizim fermer va klasterlarga maktab, hokimlarga esa sinov bo‘ladi”, – dedi prezident.
Mavzuga doir:
- “Birja savdolari yashirin iqtisodiyot va korrupsiyani keskin kamaytiradi” — Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistonda uch yilda birja maydonchasida avtoraqamlarni sotish hisobiga budjetga 1 trln so‘m qo‘shimcha tushum bo‘lgan
- O‘zbekistonda fermerlar 2022-yil bug‘doy hosili uchun birja to‘lovlaridan ozod qilinadi
Izoh (0)