Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 12—15-may kunlari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida XVIII xalqaro futbol turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoalar sovrin uchun kurash olib bordi. Toshkent shahridagi 21 va 22-sonli hamda Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqa g‘olibiga aylandi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Abdulaziz Mannopov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi “Shatlova” jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik yoshlar “Kursk” terma jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etib, 1-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Mehribonlik uylari o‘rtasida 2018-yilgi Jahon Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bosh sovringa ega chiqqandi.
Izoh (0)