Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 37-turida “Inter” 15-may, yakshanba kuni “Kalyari” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Matteo Darmian milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Lautaro Martines jamoasining ikkinchi golini urdi. Mezbonlar ko‘p o‘tmay oradagi farqni qisqartirdi.
84-daqiqada Lautaro dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.
Ushbu g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 81 taga yetkazib oldi va so‘nggi tur oldidan peshqadam “Milan”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. Oxirgi turda chempionlik uchun “Milan”ni durang ham qoniqtiradi, “Inter” esa o‘zi g‘alaba qozongan holda, hamshaharining mag‘lub bo‘lishini kutishga majbur.
A Seriya
37-tur bahsi
15-may, yakshanba
“Kalyari” — “Inter” 1:3
Gollar: 0:1 – 25 Darmian, 0:2 – 51 Martines, 1:2 – 53 Likoyannis, 1:3 – 84 Martines.“Kalyari”: Krano, Bellanova, Cheppitelli, Altare (Karboni, 79), Likoyannis, Dalbert (Pereyro, 86), Marin (Bazelli, 79), Grassi, Rog (Nandes, 56), Joao Pedro, Pavoletti (Keyta Balde, 56).
“Inter”: Handanovich, Darmian (Dumfris, 58), de Vrey, Shkrinyar, Bastoni (D`Ambrozio, 70), Perishich, Brozovich, Chalxano‘g‘lu, Barella (Galyardini, 58), Jeko (Korrea, 70), Martines (Sanches, 85).
Ogohlantirishlar: Darmian (37), Chalxono‘g‘lu (87).
Izoh (0)