Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashmoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
“Barcha amaldorlar — xalq xizmatkorlari. Buni hamma tushunishi kerak. Tushunmagan inson siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi. Ayrim amaldorlar tushunmayapti hali ham bu narsani”, — deydi davlat rahbari.
Prezident ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelganini aytdi.
“Endi hokimlarni savdo sohasiga chiqaryapman. Shunda ham bu holatlar bo‘lyapti. Farg‘ona viloyati hokimining imzosigacha o‘xshatib, yer olish bo‘yicha qarorni chiqartirib olgan holat ham bo‘ldi. Xayrulla Bozorov esa “bu yerni men bermaganman”, deyapti. O‘zi shu imzoni o‘xshatishni ham hokimlikda ishlaydigan odam qilgan. Kichkina lavozimda ishlaydi, bir byurokrat o‘zi. Hayron qoladi kishi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)