Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashmoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 2022-yili Farg‘ona viloyatidagi mahalliy budjetda 1 trillion so‘m pul qoladi.
“Xayrulla Bozorov moliya sohasini yaxshi tushunadi. Men bosh vazir bo‘lgan vaqtlarim bitta viloyatga 100 million so‘m pul berolmasdik. Kecha hokim mendan 200 milliard so‘m so‘radi. Beraman dedim. Hozir tadbirkorlarga yordam bermasak bo‘lmaydi”, — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev chet elga safar qilsa ham nimadir o‘rganib kelishga harakat qilishini aytdi.
“O‘zim bormasam ham davlat nomidan kimdir borsa unga, albatta, aytaman: “davlat hisobidan boryapsan, borib nimadir o‘rganib kel, deyman. Turist bo‘lmagin, oqsoqol bo‘lib borsang turist bo‘lasan, deyman”, — deydi prezident.
Davlat rahbari bugun ochiq muloqot bo‘lishini aytdi.
“Vazirlar ham barchasi chiqib hisobot beradi. Bo‘ladiganini aytasizlar, bo‘lmaydigani bo‘lsa, bo‘lmaydi deysizlar. Menga ma’ruza emas, natija kerak. Shuning uchun, bugun ochiq gaplashamiz”, — deydi prezident.
Izoh (0)