Toshkent shahrida 50 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi ushlandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan dalillarga asosan qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha e’lon qilinishi ma’lum qilindi.
“O‘z navbatida, amaldagi qonunchilikda tergov jarayoniga aralashish, ishni har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, tergov yakunlanmasdan turib uning natijalarini taxmin va faraz qilish taqiqlanadi”, – deyiladi prokuratura xabarida.
Mavuzga doir:
- Samarqandda 78 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun 135 ming dollar so‘ragan Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi xodimi ushlandi
- Toshkentda 35 ming dollar pora olgan hokim yordamchisi ushlandi
- Toshkent viloyatida 2 gektar sug‘oriladigan yerni 500 ming dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan jamiyat rahbari ushlandi
Izoh (0)