Finlyandiyadagi “Yandeks” o‘z nomini o‘zgartirdi va rasmiylar nazorati ostida. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Finlyandiya parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Jussi Halla-axo “Yandeks”ning axborot va yangiliklarni tarqatishdagi harakatlari qanday qonun buzilishi ekanligini aniqlashga chaqirdi.
“Yandeks” ma’lumotlar markazi Finlyandiyaning Mantsala shahrida 2015-yildan beri ishlaydi. Avvalroq ma’lumotlar markazi elektr energiyasidan uzilgani haqida xabar qilingandi.
Finlyandiyaning Mantsala shahrida joylashgan “Yandeks” ma’lumotlar markazi asosiy quvvat manbaidan uzilib, dizel generatoriga o‘tkazilgandi. Kompaniyaga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, uzilish 25-aprel kuni sodir bo‘lgan, biroq sabablari aytilmagan.
Shu sababdan “Yandeks” vaqtinchalik o‘z generatorlaridan foydalangan. Finlyandiyadagi ma’lumotlar markazi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va kompaniya energiya yetkazib beruvchi bilan shartnomani qayta ko‘rib chiqish jarayonida.
Kompaniyaning Finlyandiyadagi yangi nomi hozircha ma’lum qilinmagan.
Avvalroq “Yandeks” O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi biznesiga sarmoya kiritishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)