• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Boshqa xalqni qul qilgan xalq o‘zi uchun ham zanjir to‘qiydi” — kommunizm va marksizm g‘oyalari qanday paydo bo‘lgandi?

    O‘zbekistonning deyarli har bir hududida avvalgi nomi Karl Marks bo‘lgan maktab va qishloqlar anchagina topiladi. Mustaqillik bolalariga deyarli notanish bo‘lgan bu inson sobiq SSSRdan tashqari hech qaysi davlatda alohida hurmat qozonmagan. Aynan u yaratgan falsafiy g‘oya sabab XX asr — g‘oyaviy kurash davri bo‘ldi.

    SSSR boshliq marksistik-kommunistik tuzum mamlakatlari AQSh yetakchiligidagi kapitalistik alyans bilan mafkuraviy kurash olib bordi. Bugungi kunda ham o‘z mafkurasini kommunizm ustiga qurgan mamlakatlar mavjud. Masalan, Xitoy va Kuba. “Kommunistik partiya manifesti”, “Kapital” asarlari bilan kommunizm va kapitalizm kurashiga asos solgan Karl Marks kim va uning g‘oyasi nimadan iborat edi?

    Faylasuf, jurnalist, iqtisodchi va siyosatchi

    Karl Genrix Marks 1818-yilning 5-may kuni Prussiya (hozirgi Germaniya)ning Trir shahrida tug‘ilgan. Kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan Karlning otasi Genrix Marks asli advokat edi-yu, ammo falsafani ham juda yaxshi bilar va aynan u o‘g‘lining faylasuf bo‘lishida muhim rol o‘ynagandi.

    Trirdagi gimnaziyada dastlabki tahsilni olgan Marks bu yerda nemis, fransuz, lotin va yunon tillarini o‘rganadi. Gimnaziyadan so‘ng Bonn universitetiga o‘qishga qabul qilinib, tarix, falsafa va yurisprudensiya bo‘yicha mutaxassisga aylanadi. Oliygohdagi yillarida Gegel falsafasi bilan tanishgan yigitda ateistik va inqilobiy dunyoqarash shakllanadi.

    Foto: “forum.paradoxplaza.com”

    Marks 24 ga kirganida antik faylasuflar: Demokrit va Epikur falsafasini o‘rganish bo‘yicha dissertatsiya yoqlaydi. Uning niyati o‘zi o‘qigan Bonn universitetida o‘qituvchilik qilish edi. Biroq o‘sha davrda millatchilik va buyuk davlatchilik kayfiyati hukmron bo‘lgan Prussiyada so‘l qarashdagi insonlar (so‘llar — ijtimoiy tenglik tarafdorlari bo‘lib, xususiy mulkchilik, sinfiy bo‘linish, liberalizm, kapitalizmga qarshi bo‘lgan)ni taqib qilish boshlandi.

    Marksning ustozlari Lyudvig Feyerbax va Bruno Bauer so‘l qarashlari sabab universitetdagi ishidan ayrilgach, shogird ham oliygohda dars berish fikridan qaytadi hamda Bonndagi muxolif “Reyn gazetasi”ga ishga kiradi. Gazetada siyosiy tahlillar yozish bilan shug‘ullangan Marks o‘zining iqtisodiy siyosat sohasidagi bilimlari kamligini sezadi va iqtisod sohasini o‘rganishga kirishadi.

    Yosh Karl Marks

    Yosh Karl Marks
    Foto: Pinterest

    O‘ng qarashdagi (konservatorlar, ijtimoiy tengsizlik tarafdorlari, kapitalistlar, mutaassiblar) hukumatni tanqid qiluvchi maqolalar yozgan Marksga hokimiyat bilan hamkorlik qilish taklifi beriladi. Biroq u bu taklifni rad etadi-yu, mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.

    Fridrix Engels bilan uchrashuv va kommunizmning paydo bo‘lishi

    Fransiyaga ko‘chib kelgan Marks bu yerda hamyurti, adabiy do‘stiga aylangan faylasuf Fridrix Engels va shoir Haynrix Hayne bilan tanishadi. Marks fransuzlarning radikal islohotchilar guruhida harakat qila boshlaydi. Biroq Prussiya hukumati Marksni Fransiyada ham tinch qo‘ymaydi va uni bu yerni ham tark etishga majbur qiladi.

    Faylasuf 1845-yili Belgiyaning Bryussel shahriga ko‘chib o‘tadi. Shu yerda u Engels bilan birga kommunistlarning “Adolatlilar ittifoqi” tashkilotiga a’zo bo‘ladi. Tashkilotning so‘rovi bilan Karl Marks va Fridrix Engels hammualliflikda “Kommunistik partiya manifesti”ni yozadi. Manifestga ko‘ra, butun tarix sinfiy kurashlardan iborat bo‘lib, yaqinlashib kelayotgan proletar (maosh evaziga ishlovchi o‘rta va quyi qatlam) inqilobi kapitalizmni butunlay yo‘q qiladi va mehnatkashlarni dunyoning yangi hukmron sinfiga aylantiradi.

    Manifest Londonda bir necha ming nusxada chop etiladi.

    1848-yil butun Yevropa bo‘ylab inqiloblar (proletar inqilobi emas) boshlangach, Belgiya hukumatining qistovi bilan Marks yana Parijga keladi va u yerdan vataniga qaytadi. Engels bilan qisqa muddat “Yangi Reyn gazetasi”ni yuritgan Marks endi Angliyaga, Londonga yo‘l oladi va umrining oxirigacha shu yerda yashaydi.

    Karl Marks va Fridrix Engelsga atab qo‘yilgan haykal. Bishkek, Qirg‘iziston

    Karl Marks va Fridrix Engelsga atab qo‘yilgan haykal. Bishkek, Qirg‘iziston
    Foto: Wikipedia

    Aynan Buyuk Britaniyada Karl Marks kommunistik va kapitalistik jamiyat kurashi haqidagi fikrlari bayon qilingan ko‘p jildlik mashhur “Kapital” asarini yozadi. Marks boshchiligidagi “Xalqaro ishchilar assosiatsiyasi” anarxistlar, fransuz sotsialistlari, italyan respublikachilar, britan mehnat birlashmalarini o‘z tarkibga oladi.

    Faylasuf umrining so‘ngiga qadar do‘sti Fridrix Engelsning moliyaviy ta’minoti evaziga kun ko‘radi.

    Marksizm o‘zi nima?

    Marksizm — Karl Marksning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy falsafa nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra, butun insoniyat taraqqiyoti sinfiy (ijtimoiy sinflar bu ishchilar, tadbirkorlar, harbiylar, dehqonlar, hunarmandlar va hokazo) kurashlardan iborat bo‘lgan. Marksning fikricha, kapitalistlar va burjuaziya vakillari boshqalarni arzon haq evaziga ishlatadi va oson boylik orttiradi. Marks kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi hokimiyat munosabatlari tabiatan ekspluatatsiyaga asoslangani va muqarrar ravishda sinfiy ziddiyatlarni keltirib chiqarishi haqida yozadi. U bu kurash oxir-oqibat kommunistik inqilob bilan tugashi va butun dunyoda ishchilar sinfi hukmronlik qilishiga ishonadi.

    “Mavjudlik ongni belgilaydi” formulasiga asos solgan Marksning fikriga ko‘ra, har qanday jamiyatning asosini ishlab chiqaruvchi kuchlar (ishchilar) tashkil etadi.

    Shunday qilib, marksizmning umumiy ma’nosi sinfiy kurashga, ya’ni kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi kurashga qaratilgan.

    Marks va kommunizmni nima bog‘lab turadi?

    Karl Marks va Fridrix Engels g‘oyalari barcha boylik va mulk umumiy bo‘lgan (xususiy bo‘lmagan) sinfsiz jamiyat yaratishni ko‘zda tutuvchi kommunizm nazariyasiga asos soldi. Marks jamiyatning asosiy vazifasi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini muvozanatda saqlash ekanini ta’kidlaydi, yo‘qsa bu ijtimoiy inqilobga olib kelishi mumkin. Marks tarixni tavsiflar ekan, quldorlik, feodal, burjua va kommunistik tuzumlarning xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, kommunizm ikki bosqichga bo‘linadi: sotsializm — kommunizmning boshlang‘ich bosqichi, ikkinchisi: kommunizm — barcha moliyaviy institutlar tugatilgan va umumiy mulkchilikka asoslangan jamiyat.

    SSSRning kommunistik propaganda plakati. Chapdan o‘ngga Karl Marks, Fridrix Engels, Vladimir Lenin, Iosif Stalin

    SSSRning kommunistik propaganda plakati. Chapdan o‘ngga Karl Marks, Fridrix Engels, Vladimir Lenin, Iosif Stalin
    Foto: History

    Marksning g‘oyalari tez orada ovoza bo‘ladi, chunki bu davrda Yevropa qurollanish poygasiga tortilgan, aholi, ayniqsa ishchilar daromadi juda past edi. Sanoat monopollar (Rokfeller, Rotshild, Karnegi, Krupp) qo‘lida bo‘lib, hukumat ularni ularni qo‘llab-quvvatlar, monopollar esa ishchilariga arzimagan maosh to‘lardi. Ushbu vaziyatda Marksning g‘oyalari minglab tarafdorlarga ega bo‘ladi. Ulardan biri Vladimir Lenin edi.

    Ammo Marksning tiriklik davrida kapitalistik tuzum hali ancha kuchli edi va shu bois Marks o‘zi orzu qilgan inqilobni ko‘ra olmaydi. Karl Marks 1878-yil vafot etadi. Uning mashhurligi esa vafotidan deyarli 40 yil o‘tib boshlanadi.

    1917-yil Rossiyadagi oktabr inqilobidan so‘ng Marks g‘oyalari asosida yangi sotsialistik jamiyat qurishni niyat qilgan Vladimir Lenin mamlakatda Karl Marks nomini ulug‘lash kampaniyasini boshlaydi. U oktabr inqilobini Marks aytgan kommunistik inqilob ekanini ta’kidlaydi. SSSRning har bir aholi punktlarida Karl Marks nomidagi maktablar, oliygohlar, kutubxonalar, joy nomlari va ko‘chalar paydo bo‘ladi. Maktab darsliklariga faylasufning “Kapital” asari va Fridrix Engels bilan yozishmalari kiritiladi.

    SSSR Karl Marks va Fridrix Engelsning xususiy mulkchilik bo‘lmagan jamiyatini qurishga bel bog‘laydi. Biroq Lenin Marks g‘oyalaridan farqli ravishda inqilobga ishchilardan tashqari dehqon va askarlarni ham jalb qiladi va davlatda “Ishchi, dehqon va askar ittifoqi” kengashlarini tashkil qiladi. Qolaversa, sovetlar Marks g‘oyalariga senzura va qatag‘on siyosatini ham qo‘shadi.

    Marks kommunizmi qanday oqibatlarga olib keldi?

    Karl Marks g‘oyalari reallikdan butkul uzoq edi. Insoniyatga tarixdagi ibtidoiy tuzum elementlarni qaytarmoqchi bo‘lgan faylasuf aynan xususiy mulkchilik ibtidoiy to‘dalar sivilizatsiyasida muhim rol o‘ynaganini hisobga olmadi. Insoniyat xususiy mulkchiliksiz yashashi mumkin emas edi, bu mehnat samaradorligining keskin kamayib ketishga olib kelardi. Marksizm va kommunizm o‘rnatilgan hech qaysi davlatda, na SSSR, na Xitoy va na Kubada moliyaviy institutlar va xususiy mulkchilik butunlay yo‘qolmadi. Aksincha, bu davlatlar ham oxir-oqibat xususiy mulkchilikka yo‘l berishga majbur bo‘ldi (masalan, Xitoy).

    Karl Marksning tuzumni inqilob, ya’ni kuch bilan almashtirish g‘oyasi esa minglab insonlar o‘limiga olib keldi. Birgina SSSRda marksizm g‘oyalarini amalga oshirish uchun feodal, burjua vakili, kapitalist deya millionlab insonlar mahv etildi. Jamiyatning eng asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish o‘rta qatlam deyarli yo‘q qilindi. Natijada kommunistik SSSR hech qachon kapitalistik davlatlar bilan iqtisodiy teng raqobat qila olmadi. Marksning iqtisodiy nazariyasi sabab mamlakat harbiy salohiyati yuqori bo‘lsa-da, moliyaviy jihatdan kuchsizligicha qoldi. Xitoyda ham Mao Szedun boshliq kommunistlar millionlab kishini avval harbiy inqilob, keyin esa “madaniy inqilob” nomi ostida qatl etdi.

    Mamlakatida inqilob yo‘li bilan marksizm-kommunizm o‘rnatgan davlat rahbarlari va Karl Marks karikaturasi. Chapdan o‘ngga: Iosif Stalin (SSSR), Fidel Kastro (Kuba), Mao Szedun (Xitoy), Vladimir Lenin (SSSR) va Karl Marks

    Mamlakatida inqilob yo‘li bilan marksizm-kommunizm o‘rnatgan davlat rahbarlari va Karl Marks karikaturasi. Chapdan o‘ngga: Iosif Stalin (SSSR), Fidel Kastro (Kuba), Mao Szedun (Xitoy), Vladimir Lenin (SSSR) va Karl Marks
    Foto: OpIndia

    Marksning umumiy mehnat g‘oyasi mutlaqo samarasiz edi. Masalan, SSSRdagi kolxoz ishchilari umumiy mulkni qadrlamadi va ishga mas’uliyat bilan yondashmadi. Misol uchun kolxoz traktorchisi o‘z texnikasini qadrlamas edi, chunki uning xarajatlari ham, foydasi ham umumiy kolxoz hisobiga yo‘naltirilar edi. Bundan tashqari, mansabdorlar tomonidan umumiy mulkni talon-toroj qilish ham kuchaydi. Ishga bir kishining mas’ul emasligi sabab ishlab chiqarishda boshboshdoqlik yuz berdi. Oxir-oqibat kommunizm iqtisodni rivojlantirmadi, balki deyarli o‘ldirdi.

    Aniqroq qilib aytganda, marksizm-kommunizm nazariyasi amaliyotda:
    • davlat barcha korxona va ishlab chiqarishga egalik qiladi;
    • garchi ba’zi hududlarga mos kelmasa-da, davlat markazning qat’iy rejalariga binoan ish ko‘radi;
    • iste’molchilarning ehtiyojlarini inobatga olmaydi;
    • shaxsiy foydasiz ishchilarning samaradorligini oshirishga harakat qiladi;
    • narx mexanizmisiz talab va taklif o‘rtasidagi ichki muvozanatga erishishga urinadi.

    Foto: "Daryo"

    Karl Marks, Fridrix Engels va Vladimir Leninning kommunizm haqidagi g‘oyalari reallikdan uzoq ekani allaqachon isbotini topib bo‘lgan. Kommunizm bayroqdori va uning butun dunyo bo‘ylab  tarqatuvchisi (“Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!”) bo‘lgan davlat — SSSR allaqachon tarqalib ketdi. Xitoy hali ham kommunistik mafkuraga ega bo‘lsa-da, iqtisodda to‘la kapitalistik bozor qonunlarini joriy etgan. Marksning umumiy mulkka ega jamiyat g‘oyasi utopik sotsializmning bir ko‘rinishi edi, xolos.

    Hozirda Karl Marks qabri Buyuk Britaniyada joylashgan va har yili minglab marksist va kommunistlar uni ziyorat qiladi. 1991-yilgacha Sovet davlati Britaniyaga faylasufning qabrini obod saqlab turish uchun pul to‘lab kelgan. Ammo ittifoq tarqalib ketgach, bunga hech kim e’tibor bermay qo‘ydi.

    Shunday qilib, Karl Marks va Fridrix Engelsning g‘oyalari insoniyatning bir asrlik kurashiga sabab bo‘ldi va oxir-oqibat o‘zining puch ekanini ko‘rsatdi. Biroq ushbu g‘oya sabab millionlab insonlar halok bo‘ldi va ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotda orqada qolib ketdi.

    06.05.2022, 19:22   Izoh (0)   45377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” rekord darajadagi homiylik shartnomasi imzoladi

    Sport | 18 iyul, 12:17

    “Emmi-2025” mukofoti nomzodlari e’lon qilindi

    Kino | 18 iyul, 12:15

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni import qilish xarajatining bir qismi qoplab beriladi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 11:59

    “Tramp dunyo imperatori etib saylanmagan” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 18 iyul, 11:45

    Aktyor Tom Holland “O‘rgimchak odam” filmining yangi qismi haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi

    Kino | 18 iyul, 11:35

    Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

    Dunyo | 18 iyul, 11:18

    Apple tarixdagi eng qimmat iPhone ishlab chiqaradi

    Dunyo | 18 iyul, 11:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.