UEFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluiji Kollina, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) va FIFA futbol o‘yinlari vaqtini 60 daqiqagacha qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, sof o‘yin vaqtini joriy qilish variant ham ko‘rilmoqda, deya xabar beradi sobiq hakam Mark Klattenburg Daily Mail nashridagi shaxsiy blogida.
Qo‘shimcha daqiqalar munozarali masala ekanini hakamlar biladi. G‘alaba qozonayotgan jamoa kamroq, yutqazayotgan jamoa esa ko‘proq vaqt xohlaydi. Menimcha, yechim mavjud — bu sof vaqtga mo‘ljallangan 60 daqiqalik o‘yinlar. Hozirda Perluiji Kollina, FIFA va IFAB bu g‘oya ustida ishlamoqda. Ushbu tizim basketbolda qo‘llanadi, balki futbolda ham qo‘l kelar.Avvalroq, FIFA o‘yinga qo‘shib beriladigan daqiqalar vaqtini uzaytirmoqchiligi, shundan so‘ng o‘yinlar 100 daqiqadan oshishi mumkinligi xabar qilingandi.Masalan, to‘p maydondan tashqariga chiqib ketganda, jarohatlangan futbolchiga yordam ko‘rsatilayotganda yoki o‘yinchilar hakam bilan gaplashayotganda vaqt to‘xtatib qo‘yiladi. Shu tariqa har bir o‘yinning davomiyligi belgilangan bo‘ladi va biz vaqt masalasidagi qarama-qarshiliklardan xalos bo‘lamiz.
Mark Klattenburg, sobiq hakam
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)