Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekani ma’lum qilindi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Bunyod Abdullayev ma’lum qildi.
Qayd etishicha, 26-aprel kuni tarqalgan ayiq bolasi o‘ldirilgani haqidagi xabar o‘rganilganda, ikkita boshqa-boshqa holat ekanligi aniqlangan.
“Birinchi holat ‘Terakli’ MFY hududida aniqlangan bo‘lib, ayiq bolasi o‘ldirilgan holatga umuman aloqasi yo‘q. Hozirda ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekanligi ma’lum bo‘ldi”, — deb yozgan Bunyod Abdullayev.
Ma’lumot uchun, o‘ldirilgan ayiq bolasi bilan bog‘liq holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ichki ishlar organiga o‘tkazilgan.
Izoh (0)