Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 28-aprel kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 15:30 larda To‘raqo‘rg‘on tumanidan o'tgan 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 55-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashina haydovchisi Chust—To‘raqo‘rg‘on tuman yo'nalishida harakatlanib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, Matiz avtomashinaning orqa tomoniga borib urilgan. Oqibatda Matiz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan viloyat IIB YHXBning xizmat avtomashinasining chap tomoniga borib urilib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa vaqtida mashinada haydovchidan tashqari yana ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lovchilar turli tan-jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)