• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jumboqli JCh—1998 finali, semirib ketishi va g‘alati soch turmagi. Biz bilgan Ronaldoning biz bilmagan tomonlari

    O‘tgan asrning oxiri va joriy yuz yillikning boshidagi eng mashhur hujumchisi bo‘lgan Ronaldo va uning futbolchilik mahorati haqida juda ko‘p gapirilgan. Bugungi kundagi dunyo futboli yulduzlarining aksariyati uni o‘ziga kumir deb bilishi ham “Fenomen” laqabini olgan Ronaldoning qanchalik yetuk o‘yinchi bo‘lganiga isbot bo‘la oladi. Biroq ko‘pchilikka “so‘yloq” haqida hammasi ham ma’lum emas. Misol uchun, uning nima sababdan bunchalik darajada semirib ketgani istalgan futbol muxlisiga qiziq. Quyida shu va Ronaldo haqidagi boshqa qiziq, ayni paytda jumboqli savollarga javob beriladi.

    1998-yilgi Jahon Chempionati finali oldidan nima bo‘lgan?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Nega Ronaldo 1998-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati finalida juda sust harakat qilgan? O‘yindan bir necha soat oldin uni nima bezovta qilgan? Kim va nima sababdan kasal bo‘lishiga qaramay unga maydonga tushishga ruxsat bergan? Bularning barchasi futbol tarixidagi eng katta sirlardan biri va butun boshli Braziliyani abadiy qiynab keladigan darddir. Mamlakatning yorqin yulduzi, sayyoradagi eng yaxshi yosh futbolchi va “qotil” forvard hal qiluvchi pallada shunchaki ojiz va zararsiz bo‘lib qoladi.

    “Stad de Frans”ga jo‘nab ketishidan bir necha soat oldin Ronaldo mehmonxonadagi nomerida dam olayotgandi. Asosiy versiyaga ko‘ra tutqanoq vaqtida Ronaldo uxlayotgan bo‘lgan. Shuningdek, boshqa, muqobil versiya ham bor: u juda noqulay va noto‘g‘ri holatda uzoq vaqt televizorda mototsikl poygasini tomosha qilgan. Bu haqda Ronaldoning ahvoli haqidagi hujjatlarni o‘rgangan “Inter”ning tibbiy masalalar bo‘yicha sobiq mutaxassisi Brunu Karu so‘zlab bergan.

    O‘yinchilarning hikoyalariga asoslangan eng keng tarqalgan versiyaga ko‘ra esa hammasi tushlikdan keyin sodir bo‘lgan — Ronaldo yiqiladi va qaltiray boshlaydi, qo‘llari bilan tanasi hamda yuziga ura boshlaydi. Ronaldo bilan bir xonaga joylashgan Roberto Karlos esa vahimaga tushib, baland ovozda barchani yordamga chaqiradi. Xonaga darhol Edmundo yugurib keladi.

    “Buni ko‘rib, shok holatiga tushib qoldim. Dahshatli holat. Ronaldo yerda yotar, tishlarini bir-biriga qattiq tekkizib olgandi, og‘zidan esa ko‘pik chiqib turardi. Tilini ushlab qolish kerak edi”, — deb eslaydi Edmundo voqeani o‘rganish jarayonida.

    Kardiologiya sohasida katta malakaga ega bo‘lgan shifokor Karuga ko‘ra, barcha hujjat va tahlillar Ronaldoda epilepsiya xuruji bo‘lmaganini ko‘rsatgan — muammo yurak-qon tomir tizimida kuzatilgan, noto‘g‘ri tashxis va davolash Ronaldoga tuzatib bo‘lmas darajada zarar keltirishi mumkin bo‘lgan.

    “Ronaldo uzoq vaqt noto‘g‘ri holatda bo‘lgan, bu qon aylanishiga to‘sqinlik qilgan va yurak sohasidagi muammolarni keltirib chiqargan. Yaxshiyamki, uning yonida Roberto Karlos bo‘lgan. Klinikada shifokorlar boshqa narsani izlagan, shu bois hech kim elektrokardiogrammani rostmana o‘rganib o‘tirmagan ham. Bu narsa muammo aynan shu yerda ekanligini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatadi. Keyin Ronaldoga tutqanoq holatlarida qo‘llaniladigan, ammo yurak muammolari uchun mos bo‘lmagan kuchli dori vositalari beriladi. Bu Ronaldoni tinchlantiribgina qolmay, shuningdek, bo‘shashtirib ham qo‘yadi, mos ravishda bu uning o‘yiniga ta’sir qiladi. O‘yindan keyin u xuddi go‘dak kabi uzoq vaqt tik turolmas va muvozanatni saqlay olmasdi”, — degandi Karu.

    Ronaldoning o‘zi esa hammadan an’anaviy versiyaga ishonishni so‘raydi, ehtimol, muammo kuchli stress tufayli yuzaga kelgandir (futbolchilar Ronaldo, taxminan, bir hafta davomida tushkun kayfiyatda yurganini aytgan). Fitna nazariyalari orasida futbolchining fransuzlar tomonidan zaharlangani haqidagi taxmin boshqalaridan ajralib turadi, ammo bu (jiddiy) ayblovlarni tasdiqlaydigan biron bir fakt yo‘q.

    Bundan tashqari, Ronaldo “Inter” maslahatchisi Karuning talqiniga quloq solmaslikni so‘raydi: “Ko‘pchilikning hamon bu voqea haqida shov-shuvlar yaratishga urinayotganidan juda xafaman. Shifokorlar qo‘lidan kelganini qilib, hamma narsani to‘g‘ri aniqlaganiga ishonchim komil”.

    Ronaldo klinikada ko‘rikdan o‘tayotganida, jamoa stadion tomon ketayotgan bo‘lgan. Final boshlanishiga 72 daqiqa qolganida ma’murlar tomonidan to‘ldirilgan boshlang‘ich tarkibning dastlabki variantidan Ronaldo joy olmagan. Tabiiyki, bundan butun dunyo futbol jamoatchiligi hayratga tushadi.

    25 daqiqadan so‘ng esa shifokorlar Ronaldoning umumiy holati yaxshi ekanligini va maydonga chiqishga tayyorligini aytadi. Braziliya terma jamoasi darhol FIFAdan almashtirishga ruxsat so‘raydi va asosiy yulduzining maydonga tushishiga rozilik oladi. Lekin bu yakunda hech narsa bermaydi.

    0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Ronaldo falsafiy fikr bildirish bilan cheklanadi: “Biz Jahon Chempionati finalida mag‘lub bo‘ldik, lekin hayotim uchun kechgan boshqa jangda g‘alaba qozondim”.

    Nega Ronaldo 2002-yilgi Jahon Chempionatiga g‘alati soch turmagi bilan kelgan?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ronaldoning 2002-yilgi Jahon Chempionatidagi ajoyib o‘yinini unutib bo‘lmaydi. Bu shunchaki yuqori darajali hujumchining o‘z saviyasiga mos o‘yin emas, balki tom ma’nodagi dahoning dramasi edi: jarohat tufayli deyarli ikki yil o‘tkazib yuborilganidan keyin u aql bovar qilmaydigan darajaga qaytadi va musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylanadi. Musobaqadagi 8 ta gol va finaldagi Oliver Kan darvozasiga kiritilgan dubl — bundan yorqinroq nimadir bo‘lishi qiyin.

    Ronaldo nafaqat dahshatli gollari (va ularning soni) bilan, balki nostandart soch turmagi bilan ham ko‘pchilikning yodida qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, uning ham o‘ziga xos kelib chiqish tarixi bor ekan.

    “2002-yilgi Jahon Chempionati oldidan bo‘g‘imlarimda og‘riq bo‘lgan, atigi 60 foizga tayyor edim. Hamma faqat ahvolim haqida gapirardi, ma’lumotlar fonini o‘zgartirish uchun sochimni oldirib tashladim. Bazaga yangi soch turmagi bilan kelganimda, barcha jarohat haqida gapirishni to‘xtatdi va faqat sochlarimni muhokama qila boshladi”, — deya tan olgandi Ronaldo bir necha yil o‘tgach.

    Soch turmagining noodatiy ekanligiga qaramay, u juda mashhur bo‘lib ketadi. Yaqinda hatto Neymar ham afsonaga o‘xshash uchun 2002-yilda sochini xuddi shunday oldirganini aytgandi.

    Nega Ronaldo semirib ketyapti?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2006-yilda Fabio Kapello ikkinchi marta “Real”ni qabul qilib olganida Ronaldoning ahvoli uni eng ko‘p hayratga solgan narsa bo‘lgan. Braziliyalikning doimiy ravishda vazni ortib borardi.

    “Uning vazni 96 kg edi. Bir safar undan 2002-yilgi Jahon Chempionatida vazni qancha bo‘lganini so‘radim. 84 kg bo‘lganini aytdi. Shunda undan kamida 90 kilogacha vazn tashlashni so‘radim, lekin hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Shunga qaramay mendan birga ishlagan eng yaxshi futbolchini tanlashni so‘rashsa, baribir uning ismini aytaman. U va Marko van Basten”, — deydi Kapello.

    O‘shanda “Real” va Braziliya terma jamoasidagi jamoadoshlari uni tez-tez masxara qilib turardi. Hammaga afsona shunchaki ovqatlanishni yaxshi ko‘radigandek tuyulardi, lekin aslida hammasi jiddiyroq bo‘lib chiqadi.

    2007-yilda Ronaldoga gipotireoz tashxisi qo‘yiladi — qalqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi, bunda moddalar almashinuvi (metabolizm) jarayoni juda sekinlashadi.

    Ronaldo shundan keyin ham yana to‘rt yil azob chekadi, uni jarohatlar ta’qib qiladi, mashq qilish tobora qiyinlashib boradi, kasallik esa kuchayib boraveradi. 2011-yilda u aniq qarorga keladi: “tugatish vaqti keldi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Kasalligimni nazorat qilish uchun (futbolda) antidoping qoidalari bilan taqiqlangan gormonlarni qabul qilishim kerak. Miyam davom etishni xohlaydi, lekin tanam bunga qodir emas.

    Mag‘lubiyatni tan olishim kerak. O‘z tanamga yutqazdim”, — degandi Ronaldo.

    Mavzuga doir:

    • Ronaldodan Umit Davalagacha. JCh—2002 musobaqasining antiqa soch turmaklari (foto)
    • Messi — “burga”, Ronaldu — “yig‘loqi”. Jahon futboli yulduzlarining kulgili laqablari
    • Pele, Maradona, Ronaldo va “o‘zga sayyoraliklar”. Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar haqida

    28.04.2022, 23:50   Izoh (0)   45006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: “Liverpul” Yurgen Klopp bilan shartnoma uzaytirdi

    28.04.2022, 23:13

    “PSJ” 222 mln yevroga xarid qilingan Neymarni arzon narxga sotib yuborishga tayyor

    28.04.2022, 20:01

    O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlandi

    28.04.2022, 19:40

    “4 oy ichida ikkinchi marta o‘ldiga chiqarishdi”. Mino Rayola vafot etgani haqidagi xabarlar inkor etildi

    28.04.2022, 18:09

    Mashhur futbol agenti Mino Rayola 54 yoshida vafot etdi

    28.04.2022, 17:11

    UEFA Chempionlar Ligasida “to‘rt finalchi” tizimini joriy etmoqchi

    28.04.2022, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.